Murodjon Azimov
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Murodjon Azimov | |||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||
Tavalludi |
21-iyul 1976-yil (45 yosh) Qashqadaryo | ||||||||||||||||||
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti | ||||||||||||||||||
Mukofotlari |
![]() | ||||||||||||||||||
Xizmat yillari | 1998-yildan | ||||||||||||||||||
Unvoni | general-mayor |
Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan[1], 2022-yildan tasdiqlangan[2]), Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi (2018-2021). Bojxona xizmati general-mayori.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.
- 1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.
- 1998-2014 yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.[3]
- 2014-2016 yillarda Buxoro viloyati prokurori.
- 2016-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
- 2018-yildan davlat bojxona qoʻmitasining raisi[4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://m.kun.uz/news/2021/11/18/murotjon-azimov-qashqadaryo-viloyati-hokimligiga-tayinlandi
- ↑ „Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi“ . Qalampir.uz (22-aprel 2022-yil).
- ↑ https://anhor.uz/society/muidzhon-tohiriy-osvobozhden-ot-dolzhnosti
- ↑ http://stv.uz/news/economic/7284-murotzhon-azimov-stal-predsedatelem-gosudarstvennogo-tamozhennogo-komiteta.html