Kontent qismiga oʻtish

Karim Kamolov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Karim va familiyasi Kamolov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Karim Kamolov
 Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi
Mansab davri
2020-yil 29-martdan – 2020-yil 22-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Oʻktam Barnoyev
Vorisi Botir Zaripov
 Buxoro shahri hokimi
Mansab davri
2017-yildan – 2020-yilgacha
 Buxoro shahri hokimi
Mansab davri
1994-yildan – 2007-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1954
Buxoro, OʻzSSR
Maʼlumoti Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Karim Jamalovich Kamolov (1954-yil, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 22-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999—2004), Buxoro shahar hokimi (1994—2007, 2017—2020) va Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan[1].

Karim Kamolov 1954-yilda Buxoroda tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini tamomlagan.

Buxoroning 49-okrugidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati (1999—2004)[2]. 1994—2007-yillarda Buxoro hokimi. 2007—2017-yillarda — MChJ 20-trest bosh direktori. 2017-yilda yana Buxoro hokimi boʻldi, ushbu lavozimda 2020-yil 29-fevralgacha faoliyat yuritdi. 2020-yil 29-martdan 22-avgustgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishladi.

2020-yil 22-avgustda Toshkentda COVID-19ga chalinganligi sababdan vafot etdi, 30-iyundan boshlab koronavirusni davolashda edi[3]. Buxorodagi Xazrati Imom qabristoniga dafn etilgan.

„Doʻstlik“ va „Mehnat Shuxrati“ ordenlari bilan taqdirlangan (29.08.2019)[4].