Shavkat Abdurazzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shavkat Abdurazakovdan yoʻnaltirildi)
Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov
Shavkat Abdurazzoqov.jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Namangan viloyati hokimi
Mansab davri
2021-yil 19-fevral — hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Xayrullo Bozorov
Flag of Uzbekistan.svg
 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2020-yil 5-mart — 2020-yil 25-sentyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Flag of Uzbekistan.svg
 Namangan shahri hokimi
Mansab davri
2017-yil — 2020-yilgacha
Flag of Uzbekistan.svg
 Namangan tumani hokimi
Mansab davri
2015-yil — 2017-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1976
Namangan, Namangan viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Namangan muhandislik-qurilish instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov (1976-yil, Namangan, Oʻzbekiston SSR, — oʻzbek davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Namangan tumani hokimi, 2017-yil iyulidan Namangan shahar hokimi boʻlgan. 2020-yil 5-martdan 25-sentyabrgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqargan. 2020-yil 25-dekabrdan Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. 2021-yil 19-fevraldan Namangan viloyat hokimi etib tayinlandi[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Abdurazzoqov 1976-yilda Namanganda tugʻilgan[2]. 1998-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini, 2006-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2015-yildan 2017-yilgacha Namangan tumani hokimi, 2017-yil iyuldan esa Namangan shahar hokimi va Vazirlar Mahkamasining qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan[3].

2020-yil mart oyida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqargan[4].

2020-yil 25-sentabrdan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi[5]. Hokimlikka tayinlangach, sobiq hokim Xayrullo Bozorov tomonidan boshlangan „Namangan city“ qurilish loyihasini bekor qildi[6]

Internetdagi mashhurlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Abdurazzoqov OAVga bergan intervyularidagi fikrlari tufayli jamoatchilik nazariga tushib turadi. Jumladan, 2021-yil aprel oyida „Internetdagi negativ fikrlar bekorchilikdan kelib chiqishi“ni aytgan boʻlsa[8], hokimliklarning avtomashinalar xarid qilishi haqidagi tanqidlarga mashinalar chetdan keladigan mehmonlar uchun kerakligini aytib, tanqidlarga javob bergan edi[9]. Shuningdek, Sh. Abdurazzoqov 2021-iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob oʻqitish kerakligi[10] haqidagi fikri tufayli ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nazariga tushgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]