Solijon Mamarasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Solijon Mamarasulov
Fayl:Solijon Mamarasulov.jpg
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1978-yil dekabr — 1985-yil 5-avgust
Oʻtmishdoshi Inomjon Usmonxoʻjayev
Vorisi Maxmud Arifjanov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1985-yil 3-avgust — 1989-yil 2-dekabr
Oʻtmishdoshi Abdulxoliq Karimov
Vorisi Hakim Berdiyev
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1989-yil 28-oktabr — 1991-yil 16-iyul
Oʻtmishdoshi Mirahmad Mirqosimov
Vorisi Sayfulla Saidaliyev
 Toshkent viloyati Kengashi raisi
Mansab davri
1990-yil — 1991-yil
 Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
1965-yil — 1977-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi

1930-yil 1-iyun
Fargʻona viloyati Marhamat tumani Qoraqoʻrgʻon qishlogʻi, Oʻzbekiston SSR, SSSR

(hozirda Andijon viloyatida, Oʻzbekiston)
Vafoti 17-yanvar 2005-yil(2005-01-17)
(74 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS (1958-yildan)
Taʼlim Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (1953)
Ilmiy unvoni Texnika fanlari nomzodi
Mukofotlari Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png Order october revolution rib.png Orderredbannerlabor rib.png

Solijon Mamarasulovich Mamarasulov (1930—2005) — oʻzbek sovet, partiya va davlat arbobi. Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri (1965—1977). 1958-yildan KPSS aʼzosi. KPSS Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1978—1985), KPSS Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1985—1989), KPSS Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1989—1991); 1990—1991-yillarda KPSS MK aʼzosi (1986—1990-yillarda nomzod), 1981—1986-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi, Toshkent viloyat kengashi raisi (1990—1991), SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashining 10-11-chaqiriq (1979—1989) Andijon viloyatidan deputati[1]. SSSR xalq deputati. Texnika fanlari nomzodi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyati Marhamat tumani Qoraqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek.

1953-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

1953—1962-yillarda muhandis-konstruktor, stajyor-muhandis, ekspeditsiya rahbari oʻrinbosari, „Oʻzgiprovodxoz“ instituti direktor oʻrinbosari kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.

1962—1964-yillarda „Sredazgiprovodxoz“ instituti direktori.

1964—1965-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri 1-oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi rahbari.

1953—1964-yillarda ilmiy-texnik ishlarda faoliyat yuritgan.

1965—1977-yillarda Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri.

1977—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari.

1978—1985-yillarda Oʻzbekiston KP Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.

1985—1989-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.

1989—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.

1990—1991-yillarda — Toshkent viloyat kengashi raisi.

2005-yil 17-yanvarda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Biografiya na sayte „TsentrAziya“[sayt ishlamaydi]
  • [www.az-libr.ru/index.shtml?Persons&C0C/a788ca8d/index Biografiya na sayte „AzLibr“]
  • GA RF R7523 105 152 „Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 26 po 27-avgusta 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 14/ s № 2075-VIII po № 2078-VIII. Tom 7“
  • GA RF R7523 105 376 Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 8 po 10-dekabrya 1973 goda, i materiali k nim /k protokolu № 45/ s № 5141-VIII po № 5149-VIII. Tom 9