Botir Zaripov
Botir Komilovich Zaripov | |
---|---|
Buxoro viloyati hokimi | |
Mansabda 2020-yil 7-noyabr — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Karim Kamolov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-noyabr 1969-yil (52 yosh) Buxoro viloyati, OʻzSSR |
Botir Komilovich Zaripov (1969-yil 20-noyabr, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va davlat arbobi. 2020-yil 7-noyabrdan boshlab Buxoro viloyati hokimi.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Botir Zaripov 1969-yil 20-noyabr Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek[1].
1997-yilda Toshkent moliya institutini Moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1990—2008-yillarda Respublikaning davlat va tijorat banklarida ishlagan. 2005-yilda Botir Zaripov Buxoro viloyati Markaziy banki boshqaruvchisining inkassa ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlgan[2]. Keyinchalik, 2012-yilgacha Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2012-yilda Markaziy bankning Nazorat va tartibga solish departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2013—2015-yilgacha Markaziy bank kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori boʻlgan. Keyingi ikki yil davomida „Agrobank“ ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2016—2019-yillarda „Oʻzsanoatqurilishmateriallari“ kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan[3]. 2020-yil 7-noyabrdan buyon Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda[4].
Xastalik[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 3-iyul kuni Botir Zaripov koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://podrobno.uz/cat/obchestvo/on-lyubit-bukhartsev-botir-zaripov-utverzhden-khokimom-bukharskoy-oblasti-/
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2021-04-16, https://web.archive.org/web/20210416191210/https://effect.uz/k/2020/11/07/botir-zaripov-buhoro-viloyatining-yangi-hokimiga-aylandi.html, qaraldi: 2021-04-16
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/11/07/zaripov/
- ↑ https://www.uzreport.news/politics/botir-zaripov-utverjden-hokimom-buharskoy-oblasti
- ↑ „Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi“ . Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul. [sayt ishlamaydi]