Fahriddin Shamsiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fahriddin Shamsiddinov
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 Oʻzbekiston KP Fargʻona viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1965-yil aprel — 1978
Oʻtmishdoshi Gank Gabrielyants
Vorisi Hamdam Umarov
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1963-yil fevral — 1965-yil aprel
Oʻtmishdoshi Narmaxonmadi Xudoyberdiyev
Vorisi Nuriddin Murodov
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 Oʻzbekiston KP Xorazm viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1960-yil may — 1963-yil fevral
Oʻtmishdoshi Madraim Raxmonov
Vorisi Bektosh Rahimov
Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1955 — 1959-yil mart
Oʻtmishdoshi Ahmadali Rizayev
Vorisi Sobir Kamolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1907-yil
Fargʻona viloyati Rossiya imperiyasi
Vafoti 1983-yil 15-noyabr
Fargʻona Oʻzbekiston SSR SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti
Mukofotlari

Hero of Socialist Labor medal.svg

Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png Order of Lenin ribbon bar.png Order october revolution rib.png Order gpw2 rib.png Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png „Shon-sharaf belgisi“ ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Faxriddin Shamsiddinovich Shamsiddinov (19071983-yil 15-noyabr) — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1965—1978), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972).

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. 1942-yildan KPSS (b) a'zosi.

  • 1924—1929-yillarda boshlang'ich sinf o'qituvchisi
  • 1935—1942-yillarda muhandis, sug‘orish tizimi boshlig‘i, katta muhandis, viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i,
  • 1942—1945-yillarda tuman Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
  • 1945—1947-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Marhamat tuman qoʻmitasi birinchi kotibi (Andijon viloyati),
  • 1947—1951-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri;
  • 1951—1953-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari;
  • 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudirining oʻrinbosari,
  • 1954—1955-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi kotibi,
  • 1955—1959-yillarda Farg‘ona viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
  • 1959—1960-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi kotibi,
  • 1960—1963-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1963—1965-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1965—1978-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Keyinchalik Katta Farg‘ona kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i.

SSSR Oliy Kengashining 7-9-chaqiriq deputati.

Mukofotlar va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]