Shuhrat Gʻaniyev
Shuhrat Gʻaniyev | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2020-yil 25-sentyabrdan — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Oʻktam Barnoyev |
Fargʻona viloyati hokimi | |
Mansab davri 2012-yil 14-dekabrdan — 2020-yil 25-sentyabrgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Hamidjon Neʼmatov |
Vorisi | Xayrullo Bozorov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
11-sentyabr 1968-yil Fargʻona, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Mukofotlari |
![]() |
Shuhrat Madaminovich Gʻaniyev (1968-yil 11-sentyabr, Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — 2012—2020-yillarda Fargʻona viloyati hokimi, 2020-yildan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, agrar va oziq-ovqat masalalari boʻyicha kompleks rahbari, 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi[1][2].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
1985—1992-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti talabasi. 1987—1989-yillar — harbiy xizmat oʻtagan. 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1989—1996-yillar Fargʻona viloyati isteʼmolchilar birlashmasi Margʻilon bazasining yetakchi mutaxassisi, 1996—2000-yillar „Agrokimyotaʼminot“ Margʻilon mintaqalararo aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, boshqaruv raisi, 2000—2001-yillar „Agrokimyotaʼminot“ aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi, 2001—2002-yillar „Qishloqxoʻjalikkimyo“ aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi, 2002—2004-yillar Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2004—2007-yillar „ Oʻzkimyosanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, 2008—2011-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2011—2012-yillarda Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo'lib, 2012—2020-yillarda Fargʻona viloyati hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi sifatida faoliyat olib bordi.[3]. 2020-yil 25-sentyabrdan — Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, agrar va oziq-ovqat masalalari boʻyicha kompleks rahbari vazifasida ishlab kelmoqda.
Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yil 18-yanvarda Rossiyaga ishlashga ketayotgan avtobusning yonishi natijasida vafot etgan Toshloq tumanining 16 nafar fuqarosini[4], Fargʻona viloyatini sharmanda qildi deya taʼkidlagan[5] va aholiga Hajga borishni rad etishni buyurdi[6][7][8][9]. 2019-yil 30-sentyabrda majlisga ro'molda kelgan ayollarni haqorat qilgan[10]. 2019-yil oktyabr oyi boshida OAV Shuhrat Gʻaniev qoʻl ostidagi xodimlar bilan uchrashuv paytida goʻyoki Oliy Majlis va mahalliy kengashlar deputatlari yuqoridan tayinlangani va saylanmaganligi toʻgʻrisida gapirgani haqida xabar tarqatdi. Shuningdek, saylovlarda faqat soqol va roʻmolga qarshi kurashda ustun boʻlganlar deputat boʻlishini aytdi[11]. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi hokimning soʻzlarini „asossiz“ deb atadi[12].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/10/14/shuhrat-ganiyev-senat-azoligidan-chiqarildi
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/25/appointments/
- ↑ https://fergana.uz/site/view/news/163
- ↑ https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/52-passajira-avtobusa-pogibli-prakticheski-srazu-mvd-335777/
- ↑ https://uz24.uz/ru/society/v-ocherednoy-raz-pod-shkvalom-kritiki-ili-drugie-publichnie-skandali-shuhrata-ganieva
- ↑ https://kun.uz/22401156
- ↑ https://telegra.ph/Prezident-zayavil-chto-ne-mozhet-provodit-reformy-s-hokimom-Ferganskoj-oblasti-06-22
- ↑ https://fergana.agency/news/104119/
- ↑ https://uza.uz/uz
- ↑ https://uza.uz/ru/posts/dostoinstvo-cheloveka-ego-prava-i-svobody-prevyshe-vsego-30-09-2019
- ↑ https://regnum.ru/news/polit/2736149.html
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2019/10/01/cec/
|