Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP), Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberaldemokratik partiyasi — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 2003 yil 15 noyabr

da partiyaning taʼsis sʼyezdi va Siyosiy kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning Siyosiy kengashi, Ijroiya qoʻmitasi saylanib, ustav va dasturi tasdiqlandi. 2003 yil 3 dek. da OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar kengroq faoliyat koʻrsatishi uchun yangi imkoniyatlarni ochish, mamlakatning manfaatlari va uning taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti, huquqiy davlat prinsiplariga asoslangan demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, xalqning , avvalo, yoshlarning ongiga demokratik qadriyatlarni yetkazish va joriy etish bilan bogʻliq harakat dasturini amalga oshirishga kuch va imkoniyatlarni safarbar qilish partiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

3 yilda kamida 1 marta chaqiriladigan Sʼyezd partiyaning oliy rahbar organidir. Siyosiy kengash, Siyosiy kengashning Ijroiya qoʻmitasi, Markaziy nazorattaftish komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lar Kengashlari partiya boshqaruvining rahbar organlaridir. Partiya tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar Kengashlari, tuman va shahar Kengashlari faoliyat yuritadi. Partiyaning 7000 dan ortiq boshlangʻich tashkiloti boʻlib, partiya aʼzolari soni 144628 kishidan iborat (2005 yil mart).

OʻzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi M.M. Teshaboyev. Oʻz LiDePning 41 aʼzosi OʻzR Parlamentining Qonunchilik palatasi deputati va 33 aʼzosi senator hisoblanadi. Partiya Siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi A.X.Shodmonov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OʻzLiDeP fraksiyasining rahbari etib saylangan. "XXI asr" haftalik gazetasi (2003 yil 15 noyabrda taʼsis etilgan) OʻzLiDeP nashridir.