Sarvar Otamuratov
Jump to navigation
Jump to search
Sarvar Otamuratov | |
---|---|
Tugʻilishi |
22-avgust 1973-yil (47 yosh) |
Sarvar Saʼdullayevich Otamuratov — Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan[1].
Biografiyasi[tahrir]
- 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti — oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.
- 1995-2006 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida etakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi.
- 2006-2009 yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
- 2009 va 2014 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
- 2010-2014 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
- 2013-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan.
- 2015-yildan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.
- Oilali, ikki farzandi bor.
Manbalar[tahrir]
![]() ![]() |
|