Bahriddin Roʻziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roʻziyev Bahriddin Murtazayevich
 Navoiy viloyati hokimi
Mansab davri
2002-yil iyun – 2008-yil 12-dekabr
Oʻtmishdoshi Gʻaybullo Dilov
Vorisi Erkinjon Turdimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1949
Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Taʼlim Toshkent politexnika instituti Navoiy filliali

Bahriddin Murtazoyevich Roʻziyev (1949-yil, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi. 2002-yil iyundan 2008-yil 12-dekabrgacha Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Chiya qishlogʻida tugʻilgan.

Moskvadagi Oliy komsomol maktabida tahsil olgan. Keyinchalik Toshkent politexnika institutining Navoiy filiali — sanoat-qurilish fakultetini tamomlagan. Qurilish muhandisligi boʻyicha diplom olgan. Tarix fanlari nomzodi.

Bahriddin Roʻziev Kommunistik yoshlar ittifoqi viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Navoiy shahar komitetining ikkinchi kotibi, „Oblgaz“ rahbari boʻlib ham ishlagan.

2002-yilning iyuniga qadar Navoiy viloyati Konimex tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

2002-yil iyundan 2008-yil 12-dekabrgacha Navoiy viloyati hokimi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]