Nuriddin Muhiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nuriddin Akramovich Muhitdinov (1917, Toshkent - 2008) — davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ institutini tugatib (1938), turli lavozimlarda ishladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1946-yildan uning siyosiy faoliyati boshlandi. Namangan viloyati partiya qoʻmitasi kotibi va 1-kotibi (1947— 50), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1950—51), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1951—53, 1954-55), Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri (1953—54), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1955—57), KPSS MK kotibi (1957—61). KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod (1956—57), aʼzo (1957—61). Sentrosoyuz boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1962—66), SSSR Ministrlar Soveti Xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar komiteti raisining 1-oʻrinbosari (1966—68), SSSRning Suriyadagi elchisi (1968—77), SSSR savdosanoat palatasi raisining oʻrinbosari (1977—85), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining maslahatchisi (1986—87), "Yodgorlik" tarixiy madaniy meros jamiyati raisi (1987—96), "Oltin meros" Xalqaro xayriya jamgʻarmasi bosh maslahatchisi (1996)[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Kremlda oʻtgan yillarim, 1-kitob, T., 1995; Reka vremeni, M., 1995.