Braziliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Braziliya Federativ Respublikasi
República Federativa do Brasil
ShiorOrdem e progresso
(Portugalcha: Tartib va Taraqqiyot)
Madhiya: Hino Nacional Brasileiro
(Braziliya Davlat Madhiyasi)
Location of Braziliya
Poytaxt Brazilia
Rasmiy til(lar) Portugalcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Jair Bolsonaro
Mustaqillik (Portugaliyadan)
• Sana
7 sentabr 1822
Maydon
• Butun
8,511,965 km2 (5-oʻrin)
• Suv (%)
0.65
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
186,112,794 (5-oʻrin)
• Zichlik 21/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,568,000 mil. (9-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$8,425
Pul birligi Brazilian Real (BRL)
Vaqt mintaqasi UTC−2...−5
• Yoz (DST)
UTC−2...−5
Qisqartma BR
Telefon prefiksi 55
Internet domeni .br


Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192,376,496 kishi (2012). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeaniga qadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning „eng sharqiy“ mamlakatidir. U bilan chegaradosh mamlakatlar: Urugvay, Argentina, Paragvay, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Guyana, Suriname va Fransuz Giyanasining fransuz qismi. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, Braziliya daraxtidan (pau-brasil) kelib chiqqan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik oʻrmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy boʻlgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchisidir. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti – Brazilia shahri. BMT aʼzosi. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5-oktabrda qabul qilingan; 1994-yil mart va 1997-yil iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident. Prezident bilan vitseprezident aholi tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil muddatga saylanadi. Prezident ketmaket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha balandligi 600– 800 m boʻlgan bu togʻlik Braziliyaning janubi-sharq va janub tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shimolida Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiga Laplata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya iqlimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik harorati 16–29 °C. Amazonka payettekisligida yiliga 2000–3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada daryo juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, San-Fransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi.

Oʻrmonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan olonlar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi – indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili – portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, Riode-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Alegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Brazilia, Kampus, Niteroy, Manaus.

Portugaliya kolonizatsiyasi va territorial ekspansiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1500-chi yilning aprelida, hozirda Braziliya deb ataladigan, bu yerning qirgʻoqlariga Pedro Álvares Cabral boshchiligidagi portugaliya flotiliyasi kelib toʻhtagandan soʻng, Portugaliya unga egalik qilishini eʼlon etadi.[1] Bu yerda portugallar bir nechta qabilalarga boʻlinib ketgan, lekin koʻpchiligi Tupi-Guarani lingvistik oilasiga mansub tilda gaplashsalar ham, bir-biri bilan urushadigan mahalliy aholiga duch keladi.[2] 1534-chi yilda Portugaliya Qiroli Dom João III maydonni oʻn ikki boʻlimga boʻgandan soʻng kolonizatsiya boshlab yuboriladi.[3][4] Lekin bunday boshqaruv uslubi bir qancha muammo tugʻdirgandan soʻng, 1549-chi yilda butun koloniyani boshqaradigan yagona Genera-Gubernatorni tayinlaydi.[4][5]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-asrgacha Braziliyada bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-asr boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500-yil aprelda Portugaliya lik dengizchi P. Kabral Braziliya qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 yil keyin portugallar Braziliyadan qimmatbaho qizil daraxt – „brazil“ni (Braziliya nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. Braziliya kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516-yildagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532–36 yillarda Braziliya qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549-yil Braziliyaning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hozirgi Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-asrning 70-yillaridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. Braziliyada portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720-yilda MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797-yil Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807-yil Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. Braziliya monarxiya markaziga aylandi (1808–21). 1820-yilgi Portugaliya burjua inqilobi Braziliyada mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822-yil 7-sentabrda Braziliya mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888-yil Braziliyada quldorlik bekor etildi. 1889-yil monarxiya tugatilib, Braziliya federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida Braziliyaga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. Birinchi jahon urushi davrida Braziliya Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-yillar Braziliya xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924-yilda Braziliyaning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930-yilgi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942-yil avgustda Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib Ikkinchi jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi Braziliyada demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945-yil oktabrda yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946-yil general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950-yilgi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953–54 yillarda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri Braziliya reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954-yil 21-avgustda oʻzini otib oʻldirdi.

1955-yil sentabr oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956–60) da, bir tomondan Braziliya iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Braziliyaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ʻAQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960-yilgi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961-yil avgustda Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961-yil 7-sentabrda J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.

1964-yil aprelda yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967-yil mart oyida marshal Arturda KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985-yilgacha Braziliyada hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994-yilda saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995-yil 1-yanvarda oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. Braziliya – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 30-aprelda oʻrnatgan. Braziliyaning milliy bayrami – 7-sentabr– Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).

Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya taraqqiyparvar partiyasi, 1995-yilda bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; Braziliya trabalist partiyasi, 1980-yilda asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979-yil tuzilgan; Braziliya demokratik harakat partiyasi, 1981-yilda tuzilgan; Braziliya sotsialdemokratik partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984-yilda sobiq Sotsialdemokratik partiya aʼzolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980-yilda tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992-yilda Braziliya kommunistik partiyasining „yangilovchilar“ fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986-yilda tuzilgan, 1988-yilgacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981-yilda tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Braziliya iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60-yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xoʻjaligi dan oshib keta boshladi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Boksit, qoʻrgʻoshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz miqdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. Braziliya tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar – niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90 % GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr stansiyalar mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti shaharlaridagi zavodlar Lotin Amerikasidagi eng katta poʻlat ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, qishloq xoʻjaligi, radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi. Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va boshqalar) Braziliya uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat maydonining 3,5 % ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va janubi-sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari – kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Janubida tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. Braziliya yassitogʻligida „paragvay choyi“ – yerbamate yetishtiriladi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya hududining katta qismi yoʻlsiz. Temir yoʻlning uzunligi 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yoʻllari uz. 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari bilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: Rio de Janeyro, Santus, Riu Grandi, Paranagua, Portu Alegri, Tubaran, San Sebastyan. Braziliya chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va boshqa sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi – real.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi.

Braziliyada rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4–5 yillik va qishloqlardagi 3 yillik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab – gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab – kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. Braziliyada 70 ga yaqin universitet, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi Braziliya va SanPaulu universitetlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: Braziliya fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va boshqa Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.

Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyada 300 ga yaqin gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiy gazeta va jurnallari: „Gazeta merkantil“ („Savdo-sotiq gazetasi“, SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gazeta, 1920-yildan), „Dia“ („Kun“, RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gazeta, 1951-yildan), „Diariu di SanPaulu“ („SanPaulu gazetasi“, kundalik gazeta, 1925-yildan), „Jornal du Brazil“ („Braziliya gazetasi“, kundalik gazeta, 1891-yildan), „Jornal du komersiu“ („Tijorat gazetasi“, RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gazeta, 1827-yildan), „Letin Amerika deyli post“ („Lotin Amerikasining kundalik pochtasi“, SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1979-yildan), „Folya di SanPaulu“ („SanPaulu varaqasi“, kundalik gazeta, 1921-yildan), „Globu“ („Yer kurrasi“, kundalik kechki gazeta, 1925-yildan), „Veja“ („Koʻring“, haftalik ommaviy siyosiy jurnal, 1968-yildan), „Vizan“ („Saviya“, haftalik ommaviy siyosiy jurnal, 1952-yildan) va boshqa Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988-yilda hukumat axborot agentligi bilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.

Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy stansiyalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. Braziliya radio va televizion stansiyalar uyushmasi 1962-yilda tuzilgan.

Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. Braziliyada qadimdan indeys va negrlarning boy ogʻzaki ijodi mavjud. 17– 18-asrlarga kelib, yozma adabiyotda G.di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing sheʼrlari, J. Gamaning maʼrifatparvarlik ruhidagi „Urugvay“ poemasi paydo boʻldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. Braziliya adabiyotida 19-asrning 20-yillarida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning „Tamoyo qabilasi ittifoqi“, A. Gonsalvis Diasning „Amerika dostonlari“ keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning „Guaranlar“, „Irasema“, „Ubirijara“ romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali boʻlsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning „Afrika ovozi“, „Bandi kema“ va boshqa mashhur poemalari „Toʻlqinlar mavji“ asarlar toʻplamiga kiritildi. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo boʻldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning „Beatriche Chenchi“, „Patkul“ tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-asrning oxirlari va 20-asr boshlarida bir qator yozuvchilar Braziliya adabiyotiga realizm anʼanalarini olib kirdilar. 1896-yilda asos solingan Braziliya adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu d’Asis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda Braziliya adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi bilan 20-asrning 40–50-yillarida Braziliya dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar koʻpaydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu oʻz romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi oʻsayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi Braziliya adabiyotida salmoqli oʻrin egallaydi.

Meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyaning yerli aholisi – indeyslarning meʼmorligi qabr toshlari hamda Amazonka boʻylarida gʻorlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yogʻoch shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-asrda portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-asr Braziliyada mustamlaka davri meʼmorligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi bilan Braziliyada yangi shaharlar barpo etiddi, Rio de Janeyro poytaxt boʻlib qoldi (1960-yilgacha). Braziliya meʼmorligida ikki yoʻnalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, meʼmor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) oʻrin oladi. Fransuz meʼmori O. Granjan de Montini Braziliyada ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen shahri, Itamarati saroyi, RiodeJaneyro shahri). 19– 20-asrlarga kelib Braziliya meʼmorligida „modern“ uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va boshqa mashhur meʼmorlar yetishib chiqdi.

Tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi davr sanʼat yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr sanʼatidan (16–17-asrlar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr sanʼati din bilan bogʻliq. Braziliya meʼmorligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy sanʼatga ham taʼsir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor boʻyoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va meʼmor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi (Kongonyas shahri) tosh va yogʻochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-asrda Braziliya shaharlarida tasviriy sanʼat maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J.da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P.da Silva Marisku va boshqalar). 1816-yilda qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, sanʼat va hunar maktabini tashkil etdi. 1820-yilda bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-asr Braziliya tasviriy sanʼatida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari koʻp oʻrin oladi. 20-asr Braziliya tasviriy sanʼatida realizm bilan bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va boshqalar) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy sanʼatda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (Braziliya milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. Braziliya musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa instituti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, Braziliya universitetining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.

Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrobraziliyaliklarning makumba deb atalgan diniy marosim oʻyinlarida dramatik teatrga xos harakatlar boʻlgan. Yevropalik ilk missionerlar indeyslarga xristianlikni singdirish uchun portugal adabiy asarlari asosida sahnalarni, bir pardali diniymajoziy tomoshalarni koʻrsatishgan. Indeyslar uchun muqaddas „Lorensu teatri“ nomli dastlabki teatr binosi 16-asrda qurilgan. 1748-yilda „Opera uyi“, 1776-yilda „Yangi opera“ teatri barpo boʻldi. 1813-yilda „Avliyo Juan qirollik teatri“ ish boshladi. 19-asrda RiodeJaneyroda „di San Pedru di Alikantara teatri“, „du Plasidu teatri“, „Yangi konstitutsion teatr“, Resifida „Santi–Izabel teatri“ kabilar vujudga keldi. 1843-yilda panda koʻrsatilgan Observatoriya Laraiuan toʻgʻoni Prezident qarorgohi Universitet Dramatik sanʼat konservatoriyasi, 1910-yilda Martine Pen dramatik maktabi, 1917-yilda „Braziliya teatr mualliflari jamiyati“ (SBAT) tuzildi. Soʻngra doimiy dramatik truppalar tuzilib ish boshladi. Keyingi yillarda RiodeJaneyro va SanPaulu shaharlarida Braziliya komediya teatri, Xalq badiiy teatri, Braziliya talabalari teatri, negrlarning eksperimental teatri tashkil etildi.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi xronikal film 1903-yilda, badiiy film 1910-yilda suratga olingan. Dastlabki ovozli filmlar 1935-yilda yaratilgan. Braziliyada yaratilgan filmlar ichida „Kaysara“, „TikoTiko“ (rejissyor A. Cheli), „Bosqinchi“ (rejissyor L. Barretu), „Boyning xotini“ (rejissyor T. Payne, O. Sampayu), „Dengiz qoʻshigʻi“ (rejissyor A. Kavalkanti), „Rio 40°“ (rejissyor N. Pereyra dus Santus)kabi filmlar diqqatga sazovor. Braziliyada 6 kinostudiya, 3 mingdan ortiq kinoteatr bor.

Oʻzbekiston – Braziliya munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Braziliya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga va buning uchun shartnomaviy-huquqiy negiz yaratishga kirishildi. Oʻzbekiston Respublikasining Braziliya bilan 1996-yildagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 1997-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston – Braziliya tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat boʻldi. Uning 93,8 % ini moyli urugʻlar va mevalar, 6,2 % ini tamaki tashkil qildi.[6]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Boxer, p.98.
  2. Boxer, p.100.
  3. Boxer, pp.100-101.
  4. 4,0 4,1 Skidmore, p.27.
  5. Boxer, p.101.
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil