Oʻtkir Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtkir Sultonov
Ўткир Султонов
Tugʻilgan paytidagi ismi: Ўткир Султонов
Tavallud sanasi: 14-iyul, 1939 (1939-07-14)(76 yosh)
Tavallud joyi: Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi: Oʻzbekiston Respublikasi
Partiyasi: Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Oʻtkir Toʻxtamurodovich Sultonov (oʻzb. Ўткир Тўхтамуродович Султонов; 14-iyul 1939-yil, Toshkent) - Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 1995-yil 21-dekabrdan 2003-yil 11-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, bir vaqtning o’zida – 1998-yildanMDH davlatlari Bosh vazirlari kengashi raisi.

Biografiya[tahrir]

1963-yilda [[Tomsk politexnika institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. 1964-1985 – yillarda Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida, master, laboratoriya boshligʻi, konstruktorlik qismi boshligʻi, bosh injener, bosh direktor oʻrinbosari. 1985-yildan – “Vostok” ICHB Bosh direktori. 1992-1995 – yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 1995-yil 21-dekabrdan 2003-yil 11-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, bir vaqtning o’zida – 1998-yildanMDH davlatlari Bosh vazirlari kengashi raisi. 2003- 2008 – yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – mashinasozlik, elektrotexnika, savdo, kimyo sanoati majmuasi rahbari, 2008-yildan 2011-yilgacha Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida direktor lavozimida ishlagan.

Havolalar[tahrir]