Qudrat Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qudrat Ahmedov
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari
Oʻzbekiston SSR Davlat reja qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1974 — ?
Symbol-hammer-and-sickle.svg
 Oʻzbekiston KP Sirdaryo viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1971 — 1974
Oʻtmishdoshi Narmaxonmadi Xudoyberdiyev
Vorisi Viktor Xaydurov
Flag of the Uzbek Soviet Socialist Republic (1952–1991).svg
 Sirdaryo viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1969 — 1971
Oʻtmishdoshi Egamqul Tasanbayev
Vorisi Viktor Xaydurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1930
Vafoti 1995
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari Order of Lenin ribbon bar.png Order october revolution rib.png Order october revolution rib.png Orderredbannerlabor rib.png Xalqlar doʻstligi ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Qudratilla Axmedovich Axmedov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. Shoir va yozuvchi Gʻafur Gʻulomning oʻgʻli.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1952-yildan KPSS aʼzosi.

1952-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (TDIU) tugatgandan soʻng TDIUning qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi aspiranti, assistenti. 1961-yildan raykom birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS MK Oʻrta Osiyo byurosi inspektori. 1965—1971-yillarda Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, raisi. 1971-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1974-yildan Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Qoraqalpogʻiston ASSR 636-son Toʻrtkoʻl saylov okrugidan 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati (1974—1979), Ittifoq Sovetining Plan-byudjet komissiyasi aʼzosi. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini — Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gulomova) (1938-yil 4-iyulda tugʻilgan), rassom, muzey direktori. Otasi Gʻafur Gʻulom. Uch nafar farzandi bor. Durbek Qudrattilaevich Ahmedov — iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov — irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) — tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ekonomika Uzbekskoy SSR v period razvitogo sotsializma [Tekst] / K. A. Axmedov. — Tashkent: Uzbekistan, 1977. — 232 s.
  • Zadachi sovershenstvovaniya deyatelnosti narodnix universitetov respubliki v svete resheniy XXV sʼezda KPSS [Tekst] / K. Axmedov; O-vo „Znanie“ UzSSR. — Tashkent: O-vo „Znanie“ UzSSR, 1977. — 18 s. — (V pomoщ lektoru).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Deputati Verxovnogo Soveta SSSR. Tom 9. — Izd-vo „Izvestiya Sovetov deputatov trudyaщixsya SSSR“. — 1974. — S. 41.
  • GA RF R7523 105 152 „Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 26 po 27-avgusta 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 14/ s № 2075-VIII po № 2078-VIII. Tom 7“