Xayrullo Bozorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xayrullo Hayitboyevich Bozorov
Flag of Uzbekistan.svg
 Fargʻona viloyati hokimi
Mansabda
2020-yildan — hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shuhrat Gʻaniyev
Flag of Uzbekistan.svg
 Namangan viloyati hokimi
Mansabda
2015-yil — 2020-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Yusupov
Vorisi Shavkat Abdurazzoqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-yanvar 1976-yil(1976-01-16)
Chortoq tumani, Namangan, OʻzSSR
Kasbi Iqtisodchi, menejer
Maʼlumoti Namangan sanoat-texnologiya instituti
Mukofotlari

Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan iqtisodchi.jpg

Dustlik rib.png

Xayrullo Hayitbaevich Bozorov (1976-yilda tugʻilgan, Chortoq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, 2015-yildan 2020-yilgacha Namangan viloyati hokimi. 2020-yil 25 sentyabrdan boshlab Fargʻona viloyati hokimi[1]. II, III, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xayrullo Bozorov 1976-yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tugʻilgan. 1997-yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini iqtisodchi-menejer mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1995-2005 yillarda bosh inspektor, shuningdek Namangan shahar davlat soliq inspektsiyasi boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 2005-2008 yillarda hokimiyatning axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi va Namangan viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2008-yildan 2009-yilgacha Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlgan. 2009-yildan 2014-yilgacha Namangan viloyati Chust tumani hokimi boʻlgan. 2014-2015 yillarda Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimini egallagan[2].

2015-yilda Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi[3]. 2020-yil 25 sentyabrdan Fargʻona viloyati hokimi[4].

2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga, 2015-yilda esa yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan[5]. 2020-yilda yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]