Asad Rahmatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1912
Jizzax tumani
Vafoti 1968-yil 8-iyul
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Asad Rahmatullayev — sovet iqtisodiyoti, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-yilda Gandumtosh qishlogʻida tugʻilgan. 1940-yildan KPSS aʼzosi.

1932-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1932-1966-yillarda Oʻzbekiston SSRda komsomol va xoʻjalik xodimi, 1-Miton mashina-traktor stansiyasi direktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Miton, Beshkent, Kitob tuman komitetlarining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat komiteti kotibi., Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand okrug komitetining birinchi kotibi.

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 3, 4, 5 va 6-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1968-yilda vafot etgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]