Jahongir Ortiqxoʻjayev
- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Ortiqxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jahongir Ortiqxo’jayev | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 2018-yil 21-dekabrdan (2018-yil 26-apreldan v.b.) – 2023-yil 16-yanvargacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rahmonbek Usmonov |
| Vorisi | Bahtiyor Rahmonov[1] |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-yanvar 1975-yil |
| Kasbi | iqtisodchi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari |
|
Jahongir Ortiqxoʻjayev – Toshkent shahrining sobiq hokimi[2][3]. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, Grand Road Tashkent, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvarigacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan[1][4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yil 2-yanvarda tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
1991—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.
2011-yildan 2017-yilgacha Artel Engineering kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
2020-yildan – Oʻzbekiston yoga federatsiyasi prezidenti.
2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvargacha Toshkent shahar hokimi vazifasida faoliyat yuritgan[5].
2018-yil 14-sentyabrida Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan[6]. 2023-yil 30-yanvar kuni senatorlar qatoridan chiqarildi[7].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi[8].
2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonini oldi.
Indidentlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]16 noyabr 2019 yili ushbu hokimning ovozli soʻzlashuvlari internetda paydo bo'ldi va u yerda blogger va jurnalistlarni 6 soniya ichida besoqolbozlikka chiqarishga va'da berdi va bu xalq noroziligini keltirib chiqardi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turmush oʻrtogʻi – Nigora Ortiqxoʻjayeva, „J-United Group“ kompaniyalar guruhining ayni paytdagi boshqaruvchisi. 5 nafar farzandi bor: Zulfiya, Iroda, Robiya, Komila, Adnan.
Qizi – Iroda, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning oʻgʻliga turmushga chiqqan.
Qizi – Komila, 2021-yilda turmushga chiqqan, „Ocard“ MChJ (Ocard va Blanc Bleu brendlari ostidagi ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi korxona) rahbari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olindi“. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ „Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olindi“. https://kun.uz. Kun.uz.
- ↑ „Toshkent shahriga yangi hokim tayinlandi“. https://kun.uz. Kun.uz.
- ↑ „Toshkent hokimi etib biznesmen tayinlandi“. ИА REGNUM (2018-yil 26-aprel). Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
- ↑ Jahongir Ortiqxoʻjayev[sayt ishlamaydi]
- ↑ Jahongir Ortiqxoʻjayev Senat a'zosi etib saylandi
- ↑ https://xabar.uz/ru/siyosat/jahongir-ortiqxojaev-senato
- ↑ „О награждении в связи с двадцать четвертой годовщиной Независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих и работников производственной и социально-экономической сфер“. УзА (2015-yil 27-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Jahongir Ortiqxoʻjayevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- 2-yanvarda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchilar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Toshkent shahar hokimlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Toshkent shahar Kengashi deputatlari
- Oʻzbekiston tadbirkorlari
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchilar

