Rustam Xolmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov
Bayroq
Toshkent viloyati hokimi
2019-yil 4-iyundan — 2021-yil 30-yanvargacha
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Gʻulomjon Ibragimov
Vorisi: Davron Hidoyatov
Bayroq
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari
2018-yildan — 2019-yilgacha
Bayroq
Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari
2017-yildan — 2018-yilgacha
Bayroq
Bekobod tumani hokimi
2016-yildan — 2017-yilgacha
Bayroq
Quyi chirchiq tumani hokimi
2003-yildan — 2008-yilgacha
 
Tavalludi: 1961
Oqqoʻrgʻon tumani,Toshkent viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
 
Mukofotlari:

Mehnat shuhrati ordeni

Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun — 2021-yil 30-yanvar).

Biografiya[tahrir]

Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan[1]. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlagan[2].

1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlagan[3].

2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi[4]. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindi[5].

Mukofotlar[tahrir]

"Mehnat Shuxrati" ordeni (2002-yil 27 avgust)

Manbalar[tahrir]

  1. https://qalampir.uz/news/rustam-kholmatov-yana-toshkent-viloyati-%D2%B3okimi-buldi-12832
  2. https://www.gazeta.uz/ru/2008/12/17/hokim/
  3. https://www.gazeta.uz/ru/2021/01/30/toshvil/
  4. https://president.uz/ru/lists/view/2644
  5. https://news.rambler.ru/world/46038627-v-uzbekistane-smenili-glavu-tashkentskoy-oblasti/