Navruz Japaqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Navruz Japaqov (1914.16.5 - Taxta koʻprik tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. Oʻzbekistonda (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filol. fanlari doktori (1967). Koʻp yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (1961—67) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida (1967—75) katta ilmiy xodim. Ilk sheʼrlar toʻplami — "Quyosh" (1940). "Shoir soʻzi" dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda) Navoiyga bagʻishlangan. "Uzoqdagi yaylovlar" (1955, X. Seitov bilan hamkorlikda), "Suvchi" (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. "Orol baliqchilari" kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi ("Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doyr", 1972; "Adabiyotimiz haqida oʻylar", 1974 va b.).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Amu boʻylarida, T., 1956;
  • Tiriklar bilan birga: Poema va sheʼrlar, T., 1962;
  • Tanlamali shigarmalari, 3 tomlik, Nokis, 1978-80.