Ubayt Asatov
Ubayt Asatov | |
---|---|
Buxoro viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
Oʻtmishdoshi | Sharif Xayrullayev |
Vorisi | Alisher Toshkenboyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1937 |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
![]() |
Ubayt Asatov sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1937-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.
1956-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1956-1985-yillarda 8-sonli „Sadvinsovxoz“ katta agronomi, Buxoro tuman komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, Buxoro viloyat komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Kogon tumani Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitasi raisi, Kogon sovxozi direktori, Kogon tuman partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, rais oʻrinbosari, xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 9, 10 va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS XXVI s’ezdi delegati.
Oʻzbekistonda yashaydi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР: Десятый созыв. (Краткие биографические сведения). — Т.: Узбекистон, 1981. — С. 115.
- Асатов