Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(MDHdan yoʻnaltirildi)
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
Flag of the CIS.svg
MDH Bayrogʻi
Emblem of CIS.svg
MDH Emblemasi
MDH xaritasi. Privedeni zayavlennie granitsi stran-chlenov ООН.
  MDH a'zolari
  MDH assotsiatsiya a'zosi
  MDHni tark etgan davlatlar
  MDH de-yure a'zosi emas, MDH de-fakto a'zosi
  Kuzatuvchi sifatida MDHning ayrim tuzilishlarida qatnashuvchi davlat
Shtab kvartirasi Flag of Belarus.svg Belarus, Minsk

Rossiya bayrogʻi Rossiya , Moskva

Suhbatlashish tili Rus tili
Ijro etuvchi kotib Flag of Russia.svg Sergey Lebedev
Majlis oʻtkazuvchi mamlakat Flag of Russia.svg Rossiya Federatsiyasi
Maʼlumoti 1991-yil 8-dekabr
Aholi 279.506.000 odam. (2012)
Rasmiy sayti http://cis.minsk.by

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 y. 8 dek.da Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va b. sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 y. 21 dek.da Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota sh.da imzo chekdilar. 1993 y. MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993 y. MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va b. MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk sh.da joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 y.da kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi q.x., oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi[1].

MDHning 20 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi

Aʼzolar[tahrir]

Bu tashkilotga 11 mustaqil davlat aʼzodir:

Davlat Imzoladi
Armaniston bayrogʻi Armaniston 21-dekabr 1991
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 21-dekabr 1991
Belorussiya bayrogʻi Belarus 8-dekabr 1991
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 21-dekabr 1991
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 21-dekabr 1991
Moldova bayrogʻi Moldova 21-dekabr 1991
Rossiya bayrogʻi Rossiya 8-dekabr 1991
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 21-dekabr 1991
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 21-dekabr 1991
Ukraina bayrogʻi Ukraina 8-dekabr 1991
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 21-dekabr 1991

Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:

  • Mogʻuliston bayrogʻi Moʻgʻuliston MDHning baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
  • Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston 2008-yili MDH tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, MDHning „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Oʻzining MDH tarkibiga kirishini xoxlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan MDH kelishuvni amalga oshirmagan. Bular:

Tarixi[tahrir]

1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSR ning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tashkil topdi. MDH ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.

1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.

MDHning 2013-yilgi sammiti

MDHning barcha sammitlari[tahrir]

  • 12.1991-yil Flag of Kazakhstan.svg Almati
  • 10.1992-yil Flag of Kyrgyzstan.svg Bishkek
  • 04.1993-yil Flag of Belarus.svg Minsk
  • 10.1994-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 05.1995-yil Flag of Belarus.svg Minsk
  • 05.1996-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 01.1997-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 04.1998-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 04.1999-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 06.2000-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 10.2001-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 10.2002-yil Flag of Moldova.svg Kishinyov
  • 09.2003-yil Flag of Ukraine.svg Yalta
  • 09.2009-yil Flag of Kazakhstan.svg Astana
  • 08.2005-yil Flag of Russia.svg Qozon
  • 10.2006-yil Flag of Belarus.svg Minsk
  • 10.2007-yil Flag of Tajikistan.svg Dushanbe
  • 10.2008-yil Flag of Kyrgyzstan.svg Bishkek
  • 10.2009-yil Flag of Moldova.svg Kishinyov
  • 05.2010-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 09.2011-yil Flag of Tajikistan.svg Dushanbe
  • 05.2012-yil Flag of Russia.svg Moskva
  • 12.2012-yil Flag of Turkmenistan.svg Ashxobod
  • 09.2013-yil Flag of Belarus.svg Minsk

MDHning barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Sayfiddin Joʻrayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻzbekistonda politologiya [2001 y. 18 okt.da Toshkent sh.da oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002; Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.

Havolalar[tahrir]