Baxtiyor Olimjonov
Baxtiyor Mamajonovich Olimjonov (1949-yilda[1] tugʻilgan) — oʻzbek iqtisodiy va davlat arbobi, Surxondaryo viloyati hokimi (2000-yil 24-mart — 2002-yil 21-fevral).
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qishloq xoʻjaligida boshlagan. 1998-yilgacha „Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish“ davlat kooperativ konserni raisi boʻlgan. 1998-yildan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boʻlgan. 2000-yil 23-martda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Alimjonovni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, 24-mart kuni boʻlib oʻtgan viloyat Kengashining sessiyasida uni lavozimiga tasdiqladi[2] . 2000-yil oktabr oyidan 141-son Jarqoʻrgʻon saylov okrugi boʻyicha Oliy Majlisga deputat etib saylangan, 2002-yilda agrar, suv xoʻjaligi va oziq-ovqat masalalari boʻyicha Oliy Majlis Senati qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „ОЛИМЖОНОВ (АЛИМДЖАНОВ) Бахтиер Мамажонович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 5-may 2021-yil.
- ↑ „Выпуск № 61 (24248) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.