Hakim Berdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hakim Eshbaevich Berdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-may 1938-yil (1938-05-10) (85 yosh)
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻi,
Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi OʻzbekistonOʻzbekiston
Taʼlim Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960)
Ilmiy unvoni muhandis-mexanik
Mukofotlari Order of Lenin ribbon bar.png SU Order of the Red Banner of Labour ribbon.svg SU Order of the Red Banner of Labour ribbon.svg SU Order of the Red Banner of Labour ribbon.svg

Hakim Eshbaevich Berdiyev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 24-fevraldan 1993-yil 13-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yil 10-mayda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻida tugʻilgan.

1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan.

1962-yildan 1991-yilgacha KPSS aʼzosi hisoblangan. 1960-yildan (9 yil davomida) Sherobod tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 1969-1985-yillarda — Surxondaryo viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1985-yilda Sherobod RK KPU birinchi kotibi, 1989-yilda esa KPU Surxondaryo viloyat komiteti birinchi kotibi boʻlib ishlagan[1].

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan 1993-yil 15-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan.

1993-yil 15-aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi etib tayinlangan[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „БЕРДЫЕВ Хаким Эшбаевич | TsentrAziya“. centrasia.org. 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.
  2. „Выпуск № 44 (22945) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.
  3. „Выпуск № 45 (22946) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.