Kozim Toʻlaganov
Jump to navigation
Jump to search
Toʻlaganov Kozim Nosirovich Тўлаганов Козим Носирович | ||
| ||
---|---|---|
2004-yildan — 2005-yilgacha | ||
Hukumat boshlig‘i: | Shavkat Mirziyoyev | |
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | Ummat Mirzaqulov | |
Vorisi: | Mirzamashrab Kuchchiyev | |
| ||
1994-yildan — 2001-yilgacha | ||
Hukumat boshlig‘i: | Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov | |
Prezident: | Islom Karimov | |
Oʻtmishdoshi: | Adhambek Fozilbekov | |
Vorisi: | Rustam Shoabdurahmonov | |
Tavalludi: | 10-iyul 1949-yil (71 yosh) Toshkent | |
Mukofotlari: |
Toʻlaganov Kozim Nosirovich — Toshkent shahar hokimi (1994-2001), Toshkent viloyati hokimi (2004-2005)[1]
Biografiya[tahrir]
- 1949-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
- Maʼlumoti — oliy.
- 1971-yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan.
- 1966-1971 yy. — Toshkent politexnika institutining talabasi.
- 1971-1972 yy. — Toshkent politexnika instituti qurilish fakultetinig tadqiqotchisi.
- 1972-1976 yy. — Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish boshqarmasining ishchisi, ustasi, prorabi, katta prorabi.
- 1976-1979 yy. — Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining 53-qurilish boshqarmasi boshligʻi, 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi.
- 1979-1983 yy. — Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining boshqaruvchisi.
- 1983-1986 yy. — Toshkent shahar partiya qoʻmitasi qurilish va shahar xoʻjaligi boʻlimining mudiri
- 1986-1988 yy. — Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
- 1988-1990 yy. — „Toshshaharqurilish“ boshqarmasining boshligʻi.
- 1990-1991 yy. — Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi.
- 1991-1992 yy. — Oʻzbekiston qurilish vaziri.
- 1992-1994 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
- 1994-2001 yy. — Toshkent shahar hokimi.
- 2001-2004 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, transport, qurilish majmuasi rahbari.
- 2004-2005 yy. — Toshkent viloyati hokimi
- 2007-2009 yy. — „Trest-12“ OAO — Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muxandisi.
- 2010-2016 yy. — „Trest-12“ OAJ — Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi yetakchi muxandisi.
- 2016-2017 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan Davlat nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining oʻrinbosari.[2]
Manbalar[tahrir]
![]() ![]() |