Kontent qismiga oʻtish

Bektosh Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bektosh Rahimovich Rahimov
Бектош Раҳимович Раҳимов
 OʻzSSR Kompartiyasi Samarqand viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1974-yil  1982-yilgacha
Oʻtmishdoshi Vladimir Qodirov
Vorisi Rashid Ashuraliyev
 OʻzSSR Kompartiyasi Xorazm viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1963-yil  1968-yilgacha
Oʻtmishdoshi Fahriddin Shamsiddinov
Vorisi Madyor Xudoyberganov
 OʻzSSR Kompartiyasi Andijon viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1968-yil  1974-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ashur Haydarov
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-fevral 1924-yil
Oqtosh, Narpay tumani, Samarqand viloyati,
Vafoti 5-yanvar 2009-yil(2009-01-05)
(84 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Mukofotlari


Bektosh Rahimov (1924-2009)[1] – OʻzSSR davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986).

Mehnat faoliyatini 16 yoshida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 1942—1945-yillarda armiyada xizmat qilgan. 1944-yilda VKP(b) safiga kirdi. 1945-1948-yillarda demobilizatsiyadan soʻng boshlangʻich maktab direktori, tuman xalq taʼlimi boʻlimi inspektori.

1948-yildan – mas’uliyatli xoʻjalik va partiya ishida.

1948—1950-yillarda – Narpay tuman kengashi raisi.

1950—1952-yillarda – Oʻzbekiston KP (b) MK huzuridagi partiya maktabi talabasi. Partiya maktabini tugatgach, u yerda muallimlik qilish uchun qoldiriladi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi Oʻzbekiston Kompartiyasi qoʻmitasi kotibi etib saylanadi.

1953-yilda Toshkent davlat universitetini sirtdan tamomlagan, soʻng Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining masʼul tashkilotchisi, keyinroq Narpay kompartiyasining 1-kotibi etib tayinlangan.

1963-yildan 1968-yilgacha – Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi.

1968-yil fevral oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyati qoʻmitasining 1-kotibi lavozimiga oʻtkazildi va 1974-yilning dekabrigacha ishladi.

1974-yil 27-noyabrdan 1982-yil fevralgacha – Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasining 1-kotibi.

1986-yilgacha Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

1976-yildan 1986-yilgacha – KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.

SSSR Oliy Kengashining 7, 8, 9, 10-chaqiriqlari deputati.

1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan. 1991-yilgi farmon bilan tiklandi, mukofotlari qaytarildi.

1991—2002-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi kengashining raisi boʻlgan.

Toshkent shahrida yashagan. 2009-yil 5-yanvarda vafot etgan.

  • Rentabelnoe xozyaystvo (1984),
  • Organizatsiya truda v jivotnovodstve (1985),
  • Visokodoxodnaya otrasl jivotnovodstva (1985)
  • Vnutrixozyaystvenniy raschet i ego vnedrenie v APK (1989)
  • Organizatsiya i oplata truda v selskom xozyaystve (1992)
  1. Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898 – 1991