Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti' (IHT) — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va tex-nikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. ITH Islom konferensiyasi tashkiloti va BMTda kuzatuvchi statusiga ega.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.
Tashkilot organlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi Ishlar Vazirlarining Kengashi, Doimiy vakillar va mintaqaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyatdan iborat. IHT kotibiyatini Bosh Kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo, transport va kommunikatsiyalar, energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish, sanoat va qoʻshma korxonalar, iqtisodiy tadqiqotlar va statistika, loyihaviy tadqiqotlar)dan iborat. IHTning mintaqaviy muassasalari: kemachilik kompaniyasi, "EKOEYR" aviakompaniyasi, savdo va rivojlanish banki, qayta sugʻurtalash kompaniyasi, madaniyat instituti, fan fondi va taʼlim institutidan iborat.
Aʼzo davlatlar boshliqlari, Hukumat raislari, Delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha yigʻilish va uchrashuvlari muntazam oʻtkazib turiladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining 6-uchrashuvi Tehronda oʻtdi (2000-yil, 9—10-iyul). Tashkilot idorasi Eron poytaxti Tehronda joylashgan.
Aʼzo davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afgʻoniston
Eron
Ozarbayjon
Pokiston
Qirgʻiziston
Qozogʻiston
Tojikiston
Turkiya
Turkmaniston
Oʻzbekiston [1]
Sammitlar va Bosh kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sammitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat rahbari | |||
---|---|---|---|
Sammit | Sana | Davlat | Shahar |
1-chi | Fevral 16-17, 1992 | ![]() |
Tehron |
2-chi | 6-7-may 1993-yil | ![]() |
Istanbul |
3-chi | 14-15-may 1995-yil | ![]() |
Islomobod |
4-chi | 14-may 1996-yil | ![]() |
Ashxobod |
Favqulodda | 14-may 1997-yil | ![]() |
Ashxobod |
5-chi | 11-may 1998-yil | ![]() |
Olmota |
6-chi | 10 Iyun 2000 | ![]() |
Tehron |
7-chi | 14 Oktabr 2002 | ![]() |
Istanbul |
8-chi | 14 Sentabr 2004 | ![]() |
Dushanbe |
9-chi | 5-may 2006-yil | ![]() |
Baku |
10-chi | 11 Mart 2009 | ![]() |
Tehron |
11-chi | 23 Dekabr 2010 | ![]() |
Istanbul |
12-chi | 16 Oktabr 2012 | ![]() |
Baku |
13-chi | 1 Mart 2017 [2][3] | ![]() |
Islomobod |
14-chi | 28 noyabr 2021 | ![]() |
Ashxobod |
Bosh kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
# | Ismi | Millati | Davri |
---|---|---|---|
1 | Alirizo Saloriy[4] | ![]() |
1988 - 1992 |
2 | Shamshod Ahmad | ![]() |
1992 - 1996 |
3 | Önder Özar | ![]() |
1996 - 2000 |
4 | Abdulrahim Kavahiy | ![]() |
2000 - 2002 |
5 | Sayad Mujtaba Arastu | ![]() |
2002 - 2003 |
6 | Bekjassar Norboyev | ![]() |
2003 - 2004 |
7 | Asxat Orazbay | ![]() |
2004 - 2006 |
8 | Xurshid Anvar | ![]() |
2006 - 2009 |
9 | Yahyo Marufi | ![]() |
2009 - 2012 |
10 | Shomil Alaskerov | ![]() |
2012 - 2015 |
11 | Halil İbrahim Akça | ![]() |
2015 - 2018 |
manba | Koyibiyat Arxivlandi 2018-12-24 Wayback Machine saytida. |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „arxiv nusxasi“. 28-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-iyun 2017-yil. Arxivlandi 2017-02-28 Wayback Machine saytida.
- ↑ „Pakistan to host 13-chi IHT sammiti in Islamabad next week“. Dawn (25-fevral 2017-yil). 28-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-fevral 2017-yil.
- ↑ „ECO Secretary Generals“. Ecosecretariat.org. 24-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2012-yil. Arxivlandi 2018-12-24 Wayback Machine saytida.
|
![]() |