Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
(TDIU)
Xalqaro nomi Tashkent State University of Economics
Asos solingan 1931
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich[1]
Talabalari 6 ming
Fakultetlar 5
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Aspirantura bor
Doktorantura bor
Fan doktorlari 50 ta
Manzili Toshkent, Islom Karimov koʻchasi 49, 100066 Oʻzbekiston
Vebsayti www.tsue.uz

Toshkent iqtisodiyot universiteti — yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida.

Tarixi[tahrir]

1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirildi, bu institut 1962—91 yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yil 19-iyundan iqtisodiyot universiteti. Universitetda Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Korporativ boshqaruv, Iqtisodiyotda axborot tizimlari va Xalqaro turizm fakultetlari, Magistratura va Sirtqi bo‘limi, 24 ta kafedra bor. Unt Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi, Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, universitet tarixi muzeyi faoliyat olib boradi.

Yoʻnalishlari[tahrir]

Kunduzgi[tahrir]

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

2 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 3 5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 4 5230600 Moliya 5 5230700 Bank ishi 6 5230800 Soliqlar va soliqqa tortish 7 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) - 139.3 8 5231100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha) - 152.4 9 5231200 Sugʻurta ishi - 122.3 10 5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 156.6 137.1 11 5231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi 149.3 128.5 12 5231700 Kadrlar menejmenti 158 141.4 13 5231900 Korporativ boshqaruv 171.2 151.3 14 5232000 Davlat budjetining gʻazna ijrosi - 130 15 5232200 Ekonometrika - 121.3 16 5232300 Mintaqaviy iqtisodiyot 174 154.6 17 5232400 Iqtisodiy xavfsizlik 171.6 153.9 18 5232500 Logistika 154.4 144.6 19 5232600 Biznes-informatika - 121.4 20 5234100 Raqamli iqtisodiyot - 126.2 21 5234200 Reklama ishi - 114.3 22 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 153.3 136.7 23 5610200 Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish 169.1 128.9 24 5610300 Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)

Xalqaro aloqalar[tahrir]

2018/19 oʻquv yilida untda 6000dan ortiq talaba oʻqimoqda, 404 professoroʻqituvchilar, shu jumladan 43 fan doktori va 130 fan nomzodi va dots.lar ishladi. 2018/19 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi. Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan. 1991—2019 yillarda untda 200 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 700 dan ortiq xorijlik professor oʻqituvchilar ishladi. Unt AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainadagi 100dan ortiq nufuzli untlar, institutlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy ishlar to‘plamlari, „Iqtisodiyot va taʼlim“ jurnalini nashr etadi.

Rektorlar[tahrir]

Fakultetlar[tahrir]

Iqtisodiyot va statistika fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M.M. Qoriev, M.H. Zaynutdinov, A.A. Azatyan va A.S. Danilovlarning xizmatlari katta.

Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:

  • Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya (akademik Aburahmonov Q.H.)
  • Tarmoqlar iqtisodiyoti (professor B.T. Salimov)
  • Makroiqtisodiyot (professor Ishmuhamedov A.E.)
  • Statistika (dotsent Ayubjonov A.H)
  • Falsafa (professor Soipnazarov I.S.)

Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (agroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (ekologiya)
  • Iqtisodiyot (sanoat)
  • Statistika

Qoʻyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (Hudud iqtisodiyoti)
  • Statistika

Mashhur bitiruvchilari[tahrir]

Manbalar[tahrir]