Sharif Xayrullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1970 – 1976
Oʻtmishdoshi Nishon Bozorov
Vorisi Ubayt Asatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1936-yil
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Sharif Kamalovich Xayrullayev — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yilda tugʻilgan. 1963-yildan KPSS aʼzosi.

1960-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1960-1993-yillarda poʻlat quyuvchi yordamchisi, usta, smena boshligʻi, marten sexi boshligʻi oʻrinbosari, zavod markaziy laboratoriyasi mudiri, Oʻzbekiston metallurgiya kombinati direktor oʻrinbosari, Bekobod shahar partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Buxoro viloyatida sovet va partiya xodimi, Buxoro shahar ijroiya qoʻmitasi raisi, Buxoro viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.

8-9 va 11-12-chaqiriqlar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

KPSS XXIV va XXV qurultoylari delegati.

Oʻzbekistonda yashaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Devyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). — T.: Oʻzbekiston, 1976. — S. 120.