Joʻrabek Rahimov
Joʻrabek Rahimovich Rahimov | |
---|---|
Xorazm viloyati hokimi | |
Mansab davri 2022-yil 16-dekabrdan — | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Farhod Ermanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-iyul 1981-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati |
Mukofotlari |
![]() |
Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022—yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal—demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
2003—yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005—yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini, 2012—yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi olim—agronom, iqtisodchi.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1997—1998 — Shovot tumani Guliston shirkat xoʻjaligi aʼzosi.
1998—1999 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
1999—2003 — Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (sirtqi).
2000—2003 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2003—2005 — Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.
2005—2006 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2006—2007 — Shovot tumani oʻsimliklarni himoya qilish markazi otryadi yetakchi agronomi, markaz direktori.
2007—2008 — Shovot tumani hokimligi ish yurituvchisi.
2008—2011 — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Shovot tumani vakilligi direktori.
2011—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyati qurilishi akademiyasi tinglovchisi.
2013—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.
2013—2016 — Xorazm viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
2016—2018 — Bogʻot tumani hokimi.
2018—2022 — Qoʻshkoʻpir tumani hokimi[1].
2022-yildan — Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi[2][3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]