Yaponiya
Yaponiya 日本
| |
---|---|
Madhiya: Kumi ga yo | |
Poytaxt | Tokio |
Eng katta shahar | Tokio, Osaka, Kioto, Nagoya |
Rasmiy til(lar) | yapon tili |
Hukumat | parlamentar-konstitutsiyaviy monarxiya |
• Imperator |
Naruhito |
• Bosh vazir |
Fumio Kishida |
Tashkil topgan | |
• Imperial oilaning boshlanishi |
Mil.avv. 660-yil 11-fevral |
• Meyji konstitutsiyasi qabul qilinishi |
1890-yil 29-noyabr |
• Hozirgi konstitutsiya |
1947-yil 3-may |
Maydon | |
• Butun |
377,8 ming km2 (62-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.4 (2015) |
Aholi | |
• 2021-yilgi roʻyxat |
124 840 000 kishi (11-oʻrin) |
• Zichlik | 330/km2 |
YIM (XQT) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$ 6.110 trillion (4-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$ 48,813 (36-oʻrin) |
YIM (nominal) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$ 4.301 trillion (3-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$ 38,358 (28-oʻrin) |
Pul birligi | yena (¥) |
Vaqt mintaqasi | UTC +9 |
Qisqartma | JPN |
Telefon prefiksi | +81 |
Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) — Sharqiy Osiyoning Tinch okean sohilidan sharqda , kun chiqish tomondagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga qariyb 9.13 ming km²ga choʻzilgan; Yaponiyaning eng yirik 4 ta orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu. Yaponiyaning tabiiy boyliklari deyarli juda kam. Davlatning atrofini Tinch okean o'rab turganligi tufayli mamlakatning tuprog'ida yod moddasi yetarlicha hisoblanadi. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021). Poytaxti — Tokio shahri. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi hokimiyat 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989-yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi —30 ming km ga yaqin. Xonsyu orolining janubiy sohili, Shikoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrim qismlarda joylashgan. Hokkaydo oroldagi tog'tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulqon, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulqon — Fudziyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp relyeflari va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Shikoku orolning eng baland joyi 1981 m (Ishizuchi choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuju vulqoni). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995-yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulqondan 40 tachasi soʻnmagan. Vulqoni rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari, neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik iqlimi his qilinadi. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.
Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uzunligi 200 km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uzunligi 367 km tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (maydon 670,2 km², chuqurligi 103,8 m).
Tuproqlari shimolida podzol va oʻtloqibotqoq, janubida qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami 700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp. Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.
Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.
Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Xokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynular (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik XVI asr oʻrtalaridan, islom XIX asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln ga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935-yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956-yildan Yaponiya musulmonlar uyushmasi va 1966-yildan Yaponiya islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. Taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — jomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 2-ming yillik mobaynida janubiy moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan.Miloddan avvalgi 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qoʻllangan. Mil.ning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo boʻldi. IV asr oʻrtalarida tashkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asoshida ilk yapon davlati tarkib topdi. V asrdan iyeroglif yozuvi, VI asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qoʻllay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" soʻzi bilan tarjima qilinadi. 646-yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794-yilda poytaxt Kioto (Heyan)ga koʻchirildi. VIII asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. X asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (shoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. XI asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning oʻrtalarida Honshudan shimoli-sharqda Minamoto, janubi-gʻarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185-yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192-yilda shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni shogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi shogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saqlab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281-yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oldi. XIII asrdan savdo va hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdo-sotiq avj oldi. 16-asrning oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603-yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867-yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boʻddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo boʻla boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meyji isin sodir boʻldi, syogun hukumachi agʻdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.
1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda oʻtkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoʻliga oʻtdi. 1873-yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879-yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890-yilda parlament taʼsis etildi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894-yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rus-yapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shimoliy Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911-yillarda imzolangan shartnomalar asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qoʻgarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910-yil avgustda Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa rayonlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi.
Birinchi jahon urushi boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oʻz mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914-yil 23-avgustda Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktabrda Olmoniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina orollarini, shuningdek, Xitoyning Shanʼdun provinsiyasini u yerda Olmoniya ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha oʻlkalarni ishgʻol etib turdi. 1920-yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925-yilgacha davom etdi. 1925-yil 20-yanvar dan Yaponiya bilan sobiq SSSR oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926-yil 25-dekabrda Yaponiya taxtiga imperator Hirohito (1901—89) oʻtirdi. 1929—33 yillarda boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura oʻrnatishga intiluvchi oʻta reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931-yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936-yil 25-noyabrda Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"ni imzoladi. 1937-yil iyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938-yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qoʻshinlari shoʻro armiyasi tomonidan Hasan koʻli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSHning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga oʻtdi. 1940-yil Hindixitoyning shimoliy qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentabrda Olmoniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida "Uchlar pakti" imzolandi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniya va Italiya ittifoqchisi sifatida qatnashdi.
1941-yil 7-dekabrda Yaponiya AQShning PyorlXarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan Ikkinchi jahon urushiga kirdi. 1942-yilYaponiya imperiyasi Buyuk Britaniya va Fransiyaning Janubiy Sharqiy Osiyodagi koʻplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni oʻz nazoratiga oldi. Ammo 1943-yildan egallagan hududlarini yoʻqota boshladi. 1945-yil AQSH harbiy havo kuchlari Yaponiyaning Hiroshima (6-avgust) va Nagasaki (9-avgust) shahrilariga atom bombasi tashladi. Sovet hukumati 1945-yil 9-avgustda Yaponiyaga qarshi Manjuriya strategik operatsiyasini boshladi. 1945-yil 2 sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi aktga imzo chekdi va uning hududini ittifoqchilar nomidan AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qildi. 1946—48 yillarda boʻlib oʻtgan Tokio sud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatchilari jazoga tortildi.
Urushdan soʻng Yaponiyada tub siyosiy va ijtimoiy islohotlar oʻtkazilib, qurolli kuchlar va oʻng tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik konsernlar qayta tashkil etildi. 1947-yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro mojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz kechdi.
1951-yil 8 sentabrda Yaponiya bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar davlatlar oʻrtasida San Fransisko sulh shartnomasi imzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda Yaponiya bosib olgan barcha mustamlakalaridan voz kechdi. Shu yili Yaponiya bilan AQSH oʻrtasida imzolangan xavfsizlikni kafolatlash toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra, Yaponiyada AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. 1956-yil 19 oktabrda SSSR bilan Yaponiya oʻrtasida urush holatiga barham berish, diplomatiya munosabatlarini tiklash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzolandi.
1950-yillar boshidan Yaponiya iqtisodiyoti tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1960-yillarning oxiriga kelib "yapon moʻʼjizasi" atamasi paydo boʻldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha kapitalistik dunyoda 2-oʻringa chiqdi. 1990-yillarda Yaponiya jahon miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Yaponiya — 1956-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 23-dekabr — imperator tugʻilgan kun (1933). Oʻzbekiston suverenitetini 1991-yil 28-dekabrda tan olgan va 1992-yil 26-yanvarda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liberaldemokratik partiya, 1955-yil asos solingan; Yaponiya demokratik partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Yangi Komeyto partiyasi, 1964-yil tashkil etilgan; Yaponiya Sotsialdemokratik partiyasi, 1945-yil asos solingan; Yaponiya Kommunistik partiyasi, 1922-yil tashkil etilgan; Yangi konservativ partiya, 2002-yil tuzilgan. Yaponiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — Shinrengo, 1989-yil 21-noyabrda Yaponiya kasaba uyushmalari Bosh kengashi (1950-yil tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyushmasi (1987-yil tashkil etilgan)ning qoʻshilishi natijasida tuzilgan.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVt soat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr stansiyalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003-yil 52 atom elektr stansiyasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va boshqa rudalar qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy rayon: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur rayonlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% qishloq xoʻjaligida band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002-yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, kartoshka, sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va baliqchilik ham shu jumladan rivojlangan sohalardan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib, dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga toʻgʻri keladi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uzunligi 1,2 mln. km, shu jumladan,tezyurar magistrallar uchun 4,4 ming km qo'shimcha yo'l bor. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan,1964-yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo orollarini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 kmni tashkil qiladi.
Tashqi savdosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyoviy mahsulotlari, elektrik asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq-ovqat va toʻqimachilik mahsulotlarini oladi. 2003-yil Yaponiyaning import qiymati 383,3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Yaponiyada xorijiy sayyohligi yaxshi rivojlangan. Pul birligi — iyena hisoblanadi.
Tibbiy xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Yaponiya jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001-yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458 oʻrin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Yaponiya oʻzining issiq suv manbalariga ega boʻlgan umumiy 3023 ta kurorti bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003-yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003-yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003-yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej va texnik institutlaridan iborat. 2004-yil mamlakatdagi 709 universitetda 2,8 mln. talaba oʻqigan, universitetlarda umumiy 84,2 ming oʻqituvchi ishlagan. universitetlarning 542 tasi xususiy. Yirik universitetlar: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka universiteti (1886-yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi universitetlarda, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks institutlari. Yaponiyada 2711 ta ommaviy kutubxona, 3599 ta muzey, 79 ta hayvonot bogʻi, 79 ta akvarium, 90 ta botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio universiteti kutubxonasi hisoblanadi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871-yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reporter", 1874-yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879-yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872-yildan), "Nihon keyzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876-yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950-yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jurnal, byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923-yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955-yildan), "Kurashi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946-yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886-yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923-yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan shakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957-yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945-yildan) va Jiji Sushin (1945-yildan). Radioeshittirish 1925-yildan va telekoʻrsatuvlar 1953-yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925-yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712-yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759-yil 4516 ta folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi — "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratilgan. 9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratigan. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Genjimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratilgan, badiiy kundaliklar keng tarqalgan, sheʼriyat antologiyalari tuzilgan. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-yillarida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj olgan. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qilgan. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheʼriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boshlandi. Shimey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini topgan. 20-asr boshlaridan sheʼriyatda Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va romantik gʻoyalar koʻzga tashlangan. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy oʻrin egallagan. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash harakatini boshlagan. 1930—1940-yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik gʻoya hukmron boʻgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning koʻp asrlik anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar boʻlib, ularda kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967-yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan jangovarlik anʼanalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasini ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon ovozi") yaratgan. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli g'oyaviy estetik yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor qilganlar. Shu oqim vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Shohey Okaning "Daladagi olovlar" (1951), Hiroshi Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Yasushi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlariga bagʻishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlangan. Bu davrda adiblardan Gomikava Jumpey, Ishikava Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oʻz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtardilar. Yaponiya adabiyotida Hiroshima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygʻunlashgan holda falsafiy masalalar bayon qilgan. Yaponiyada xitoy madaniyati taʼsirida xitoy tilida ham adabiyoti rivoj topib. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan. Yaponiya adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968-yil Nobel mukofochi sohibi), Kendzaburo Oe (1994-yil Nobel mukofochi sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur.
Meʼmorligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Milod boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryuji monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hozirgi Nara) va Heyan (hozirgi Kito) shahrilariga asos solingan. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻ, parklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlangan. 16-asrdan boshlab shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrdan hozirgacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joylari mavjud. 16-asrdan Edo (hozirgi Tokio) shahrida qurilish avj olgan. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlangan. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshlagan. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boʻlgani sababidan 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj olgan. Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanashi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinjuku rayonidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Sachio Otani). 18-yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilingan, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kenzo; Komazava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kenzo) qurilgan. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etilgan (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.
Tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya sanʼatining qadimiy yodgorliklari jomon madaniyati davri (miloddan avvalgi 8—1-ming yilliklar oʻrtalari)ga mansub. Miloddan avvalgi 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatilgan (Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk oʻrta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanʼati rivojlandi. Yaponiya rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan.
Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobuzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur boʻldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turagan (Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topgan Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan mashhur) manzaralari. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oʻz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanʼati yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogʻochga rangli gravyura ishlash sanʼati — ukiyyoe yapon sanʼatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oʻziga xos turi hamda kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, mato toʻqish, loklangan buyumlar tayyorlash, toʻr toʻqish) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlangan. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rang-tasvir — "yoga" rivojlana boshladi (Asai Chu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt sanʼat, ekspressionizm, syurrealizm taʼsiri sezilgan. "Nihonga" rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy anʼanalar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin, Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng oʻrin oldi; koʻp asarlar Hiroshima va Nagasakidagi atom bombasidan halok boʻlganlar fojiasiga bagʻishlandi (Maruki Iri va Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy sanʼatida grafika demokratik va ommaviy sanʼat turi sifatida mashhur. Taniqli rassom N.Hirayama ijodida Buyuk ipak yoʻli manzaralari muhim oʻrin tutadi. Tasviriy sanʼatda turli oqim va yoʻnalishlarning koʻpligi koʻzga tashlanib turadi.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqasi qadimiy anʼanalarga boy boʻlib, oʻz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati taʼsirida boyigan; u mehnat, turmush, diniy marosimlar bilan bogʻlangan. Qoʻshiqlar bir ovozli bo'lgan. Musiqiy cholgʻu asboblari xilma-xil: chertib chalinadigan — shamisen (lyutnya), koto (13 torli sitra); puflama — nokan, shakuhachi (fleytalar), soo (lab organi), hichiriki (goboy turi); zarbli — tayko, kotsuzumi, otsuzumi (barabanlar), shoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan bogʻliq boʻlgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda teatrning noodatiy sanʼati (qoʻshiq, raqs, cholgʻu asboblar joʻrligida ijro etiladigan deklamatsiya), 16— 17-asrlarda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri turlaridan biri) musiqasi shakllangan. Yaponiyada musiqa sanʼatini rivojlantirishda Musiqa tadqiqotlari instituti (1879-yil tashkil etilgan, 1886-yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol oʻynagan. 1897-yil yapon simfonik orkestrining birinchi konserti boʻlib oʻtgan. Yevropada musiqa taʼlimini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyoshi, Kiyose Yasuji, Matsudayra Yoritsune kabi kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930-yildan Yaponiya zamonaviy musiqa uyushmasi)ni tuzdilar. Oʻz ijodlarida milliy anʼanalarga suyangan holda,Yevropaning kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-yillarning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi "Yaponiyaning kuylovchi ovozlari" ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-yillarning oxiridan avangardizm taʼsiri koʻzga tashlana boshladi, eksperimental musiqa turlari tarqalgan. Hozirgi davrda ommaviy va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yigʻish, oʻrganish va tarqatishga alohida eʼtibor beriladi. 1970-yillarda karaoke (boʻsh orkestr) havaskorlar ijrochiligi paydo boʻlib, u aholi orasida juda ommalashgan. Kompozitorlardan Noda Teruyaki, Hachimura Yoshio, Ikebe Shinitiro, ijrochi dirijyorlardan Abe Komei, Masashi Ueda, Vatanabe Akeo, Ivaki Hiroyuki, Moro Takashi, pianinochi Tanaka Keyko, skripkachi Kubo Yoko mashhur. Yaponiyada 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer cholgʻu ansambli, xor jamoalari va boshqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887-yildan), 20-asr musiqasi instituti (1957-yildan), Milliy nafis sanʼat va musiqa universiteti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi.
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida koʻrsatilgan tomoshalardan boshlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boʻldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam bergan. 8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoshalari keng yoyilgan. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi turlari’— dengaku va sarugaku rivojlangan. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yapon teatrining yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga kelgan. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-asr boshlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo boʻlgan. 20-asr boshlarida Yevropa teatri taʼsirida singeki teatr yoʻnalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-choragida Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat koʻrsatdi. Keyinchalik Tokioda "Sukizi shogekijo" va "Hayuza" teatrlari vujudga keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi pyesalari oʻrin olgan. 1947-yil "Mingey" teatri oʻz faoliyatini boshlagan. Teatr qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishlagan. 1966-yil Tokioda "Kokuritsu gekijo" milliy teatr markazi tashkil etildi va u anʼanaviy janrlarni saqlash va rivojlantirishda muhim o'rin tutgan. Yaponiyaning zamonaviy teatr sanʼati anʼanaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, joruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga boʻlinadi. Bugaku teatrining anʼanalari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanishida asos boʻlgan. Teatr artistlaridan Kita Minoru, Hosho Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon, Nakamura Kanzaburo, Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yayeko, Shimada Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Yaponiyada birinchi badiiy film 1899-yili suratga olingan. 1903-yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr, 1908-yil birinchi kinostudiya barpo qilingan. 1923-yildan Kioto shahri kino markaziga asos solingan. 1931-yil birinchi ovozli film ("Qoʻshni ayol va xotinim", rejissor Gosho Heynosku) yaratildi. 1936-yil Mizoguchi Kenji "Elegiya Naniva" va "Gionlik opasingillar" filmlarini yaratgan. 1930-yillarda "YA. filmlar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egallab turgan. Urushgacha boʻlgan ("Toho", "Shinko" va boshqalar)ning asosiy filmlari militaristik mazmunda boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda yapon kinoshida Imai Tadashi, Yamomoto Satsuo, Kinoshita Keysuke va boshqalar rejissorlar ijodi bilan bogʻliq boʻlgan ilgʻor gʻoyalar oʻz aksini topgan. Ular oʻz filmlarida Hiroshima fojiasi, mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxshi filmlar: "Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rejissor Kurasava Akira), "Har qalay biz yashayapmiz" (1951, rejissor Imai Tadashi), "Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol" (1960; ikkalasining rejissor Sindo Kaneto). 1960-yillardagi mashhur rejissorlar: Yamamoto Satsuo, Koboyashi Masaki, Imai Tadashi. 1960—70-yillarda koʻproq hujjatli filmlar shuhrat qozondi. S.Ogava, N. Suchimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oʻz filmlarida zamonning nizoli muammolarini koʻtarib chikdilar. 1958-yildan boshlab "Toey" kinokompaniyasi ishlab chiqara boshlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda boʻlsada, "19 yoshli yalangʻochlar" (1970, rejissor Shindo Kaneto), "Jangchi sharpasi" (1982, rejissor Kurosava Akira), "Loyqa daryo" (1981, rejissor Kohay Oguri), "Narayama haqida afsona" (1983, rejissor Imamura Sohey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi mashhur kino ijodkorlari yetishib chiqdi. 1969—96 yillar davomida namoyish etilgan "Janob Tora" seriali yaponlar orasida mashhur. Yapon kinoshida Yamada Isuzu, Mifune Toshiro kabi aktyorlar shuhrat qozongan. "Nikkatsu", "Shotiku", "Toho", "Toey" va boshqalar kinokompaniyalar faoliyat yuritadi.
Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya (yaponcha: 日本[1] Nippon, Nihon, rasmiy. yaponcha: 日本国[2] Nippon-kóku, Nihon-koku) — Sharqiy Osiyodaga orol mamlakat. Yaponiya BMT, Katta sakkizlik va OTIHning aʼzosi hisoblanadi. Ushbu yuqori taraqqiy etgan mamlakat, YaIM hajmiga koʻra jahonda AQSh va Xitoydan soʻng uchinchi oʻrinni egallaydi.
Siyosiy tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Yaponiya konsitutsiyasi 3-may 1947-yilda kuchga kirdi va asosan AQShning okkupatsion kuchlari tomonidan tuzilgan edi. Yaponiya Konstitutsiyasining to'qqizinchi moddasi mamlakatni urush olib borish hamda qurolli kuchlarga ega boʻlish huquqidan mahrum etadi. Ammo, aslida esa, Yaponiya oʻz armiyasiga egadir — Yaponiya mudofaa kuchlari.
Imperator
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstitutsiya boʻyicha Yaponiyaning voris imperatori — bu, „mamlakatning va xalqning birligi timsolidir“. Mamlakatdagi barcha farmoyish va qarorlar Kabinetning koʻrsatmasiga qarab amalga oshiriladi va Kabinet ularning majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Mavjud huquqiy nazariyalarga koʻra, imperator — natsiyaning ruhoniy yetakchisidir, lekin u mamlakatning boshligʻi hisoblanmaydi (va shundan kelib chiqqan holda, Yaponiya — deyarli respublikadir). Lekin ushbu nazariya umum qabul qilinmagandir. 1990 yildan boshlab Yaponiyaning imperatori boʻlib Akihito hisoblanadi (eraning nomi — Heysey).
Parlament
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya parlamenti ikki palatadan tashkil topgandir: Namoyondalar palatasi va Maslahatchilar partiyasi.
- Namoyondalar palatasi 4 yilga saylanadigan 480 ta deputatdan iboratdir. Yosh tsenzi — 25 yosh. 180 ta deputat partiya roʻyxati boʻyicha saylanadi.
- Maslahatchilar palatasi 6 yilga saylanadigan 252 ta deputatdan iboratdir. Yosh tsenzi — 30 yosh. 98 ta deputat hukmron partiyadan bosh vazirning roʻyxati boʻyicha saylanadi.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007 yil 25-sentabr kuni Shinzo Abening boʻshashi haqidagi daʼvosi qondirildi hamda butun kabinetning tarqatilganligi eʼlon qilindi. Yangi bosh-vazir etib Yasuo Fukuda tayinlandi.
Shinzo Abe 2006 yilning 26-sentabr kuni bosh-vazir etib tayinlangan edi va lavozimdan ketishi haqida 2007 yil 12-sentabr kuni xohish bildirgan edi. Ketishining asosiy sababi deb, u tomonidan ishlab chiqilgan terrorizmga qarshi kurash rejasining demokratik partiya tomonidan qoʻllab-quvvatlamasligida deb koʻrsatgan[3], ammo, press-konferentsiyadan soʻng xuruj qilgan asab tarangligi kasalligi hamda uning gospitalizatsiya etilganligi, uning ushbu qarorga kelishiga undaganligini tan oldi.
Ajdodlar davomchisi, yaʼni, sobiq TIV vaziri Shintaro Abening oʻgʻli va 1957-1960-yillar davomida bosh-vazir boʻlgan Nobusuke Kisining nabirasi boʻlmish Abe, avvalroq LDPning general kotibi oʻrinbosari hamda hukumatning stats-kotibi lavozmini egallagan edi va bungacha YaLDPning rahbari hisoblangan Koyzumining oʻrnini egallagan edi.
Avvalgi bosh-vazir boʻlib Junitiro Koizumi hisoblangan edi (u ham Liberal-demokratik partiya lideri hisoblanar edi). U, partiyaning navbatdan tashqaridagi sessiaysida rahbar etib tayinlangandan soʻng hukumatni boshqarishni 2001 yilning aprel oyida boshlagan edi (avvalroq — Pochta vaziri). U toʻrt yil ichida kabinetda uch marotaba radikal almashishlarni amalga oshirdi. Oxirgi marotaba ushbu almashishni 2005 yil 31-oktabr kuni amalga oshirdi.
2005 yil 11-sentabr kuni navbatdan tashqari saylovlarda YLDP parlamentdagi 480 ta oʻrindan 296 tasini qoʻlga kiritdi. Koyzumining oʻzi esa, sentabr oyida YaLDPning rahbari etib qayta saylandi. Koyzumi, 2006-yilning noyabr oyida oʻz lavozimining muddati tugagandan soʻng, hokimiyatdan ketishini maʼlum etib oʻtgan edi, lekin bu ancha vaqtliroq sodir boʻlib oʻtdi.
Siyosiy partiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Liberal-demokratik partiya (自由民主党 jiyu: minsyu to:)
- Demokratik partiya (民主党 minshu to:)
- Sof hukumat partiyasi (公明党 ko:mey to:) — CGP, Clean Government Party.
- Kommunistik partiya (共産党 kyo:san to:)
- Ijtimoiy-demokratik partiya (社会民主党 shakay minshu to:)
Sud tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sud tizimining eng yuqori organi — bu Yaponiya Oliy sudidir va u, boshqa mamlakatlardagi konstitutsion sudlar singari baʼzi nokonstitutsion hisoblangan huquqiy normalarni inkor etish vakolatiga egadir.
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya Tinch okeanining gʻarbiy qismidagi orollarda joylashgan. Eng katta orollari: Hokkaydo, Honshu, Shikoku, Kyushu.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Regionlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixan Yaponiya sakkizta regionga boʻlinadi: Hokkaydo, Tohoku, Kanto, Chubu, Kansay (Kinki), Chugoku, Shikoku va Kyushu. Birgina Hokkaydo prefekturasidan iborat boʻlgan Hokkaydo regionidan tashqari, har bir region bir nechta prefekturalarni oʻz ichiga oladi.
Maʼmuriy boʻlinish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya 47 ta prefekturalarga boʻlingandir (ISO 3166-2 tartibi boʻyicha koʻrsatilgan):
Yaponiya shaharlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻnta eng yirik shaharlari
- Tokio (8 444 531)
- Iokogama (3 575 515)
- Osaka (2 640 097)
- Nagoya (2 214 958)
- Sapporo (1 875 862)
- Kobe (1 524 463)
- Kioto (1 469 427)
- Fukuoka (1 402 040)
- Kavasaki (1 315 865)
- Saytama (1 185 030)
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuqori texnologiyalar (elektronika, robototexnika) kuchli rivojlangan. Bundan tashqari avtomobilsozlik ham yaxshi rivojlangan. Qishloq ho'jaligi davlat tomonidan subsidiya etiladi. "Shinkansen" tezyurar temir yoʻl toʻri mavjuddir.
Eksport tuzulmasi: kompyuterlar, elektrotexnika, avtomobil.
Import tuzilmasi: ximikatlar, yoqilgʻi, ruda va boshqa xom-ashyo, oziq-ovqat mahsulotlari.
Xalq xoʻjaligining asosiy sektorlari:
- Hizmatlar sferasi 61 %
- Sanoat 37 %
- Qishloq hoʻjaligi 2 %
Ish bilan taʼminlanganlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ishsizlik darajasi 4,2 %.
Aviasozlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]1962-yil mamlakatda birinchi fuqarolar (tijorat) samolyoti qurildi.
2003-yili Yaponiyada aviatsiya sohasini rivojlantirish boʻyicha 428 million dollarlik hamda 2008-yilgacha moʻljallangan milliy dastur qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida hukumat „Mitsubishi Heavy Industries“ bilan hamkorlikda birinchi milliy reaktiv yoʻlovchi avialayneri ustida ish boshladi.
Energetika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atom energetikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil koʻrsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya ishlab chiqarishning 30 %i Yaponiya AESlari hissasiga toʻgʻri keldi. Mamlakat yadro yoqilg'isining 60 %ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya isteʼmol qiladigan uranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi.
YaIM
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004 YaIMning oʻsishi 1,9 % ni tashkil etdi.
2005-yil YaIM 1,3 % ga oʻsdi va 4,96 trln dollarni tashkil etdi. (aholi jon boshiga 38,9 ming dollar).
2006-yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiyotning oʻsishi bir qancha tezlashgan.
Nobel laureatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fizika: Hideki Yukava (1949), Shinitiro Tomonaga (1965), Esaki Reona (Leo Esaki) (1973), Andoza:Jl (2002).
- Kimyo: Kenichi Fukui (1981), Hideki Shirakava (2000), Ryoji Noyori (2001), Koichi Tanaka (2002).
- Tibbiyot: Susumu Tonegava (1987).
- Adabiyot: Andoza:Jl (1968), Andoza:Jl (1994).
- Tinchlik uchun mukofot: Eysaku Sato (1974).
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eramizning soʻnggi I ming yillikning oxiridan boshlab Yaponiyada adabiyot nihoyatda tez sur’atlar bilan rovjlana boshladi va u hozirgi kunlargacha yetib kelgandir (masalan, Yaponiya madhiyasining matni IX-X asrlar bilan belgilanadi). II ming yillik boshlarida mavjud boʻlgan rassomlik sanʼati va arxitekturasi hozirgi paytgacha saqlanib qolgan. Yaponiya madaniyatining shakllanishi davrida unga Xitoy madaniyati, Meydzi Restavratsiyasidan keyin esa — Gʻarbiy Yevropa madaniyati katta taʼsir koʻrsatgan. XX asrlarda esa Yaponiya multiplikatsiya va komikslar butun jahon koʻlamida muvaffaqiyatlar qozondi.
Tashqi siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya TIV boshligʻi Taro Aso, hammani lol qoldirgan holda, Xitoy Yaponiya uchun tahdid oʻchogʻi degan soʻzi bilan chiqish qildi va u shu bilan birga shundoq ham tang va chigal boʻlib turgan Xitoy va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.
Yapon kalendari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayramlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Oʻzbekcha nomlanishi | Mahalliy nomlanishi | Izoh |
---|---|---|---|
1-yanvar | Yangi yilning birinchi kuni | 元日 ganjitsu | |
Yanvarning ikkinchi dushanbasi | Balogʻatga yetish kuni | 成人の日 seyjin no hi | |
11-fevral | Davlatni tashkil topishi kuni | 建国記念の日 kenkoku kinen no hi | |
taxminan 21 mart | Bahoriy tengkunlik | 春分の日 shumbun no hi | |
29-aprel | Shova kuni | 昭和の日 sho:va no hi | Sobiq imperatorning tavallud topgan kuni |
3-may | Konstitutsiya kuni | 憲法記念日 kenpo: kinembi | |
4-may | Yashillik kuni | みどりの日 midori no hi | |
5-may | Bolalar kuni | こどもの日 kodomo no hi | |
Iyulning uchinchi dushanba kuni | Dengiz kuni | 海の日 umi no hi | |
Sentabrning uchinchi dushanba kuni | Kattalarni eʼzozlash va xotirlash kuni | 敬老の日 keyro: no hi | |
taxminan 23 sentabr | Kuzgi tengkunlik | 秋分の日 shu:bun no hi | |
Oktabrning ikkinchi dushanba kuni | Sport kuni | 体育の日 tayiku no hi | |
3-noyabr | Madaniyat kuni | 文化の日 bunka no hi | |
23-noyabr | Mehnatga shukronalik kuni | 勤労感謝の日 kinro: kansha no hi | |
23-dekabr | Imperatorning tavallud topgan kuni | 天皇誕生日 tenno: tanjobi |
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mamlakatning nomidagi ierogliflar „quyosh“ va „manbaa“ maʼnolarini anglatadi va aynan shuning uchun Yaponiyani koʻpincha „kun chiqar mamlakati“ deb ataydilar. U ushbu nomga Xitoyga nisbatan sharqda joylashganligi sababli sazovor boʻlgan.
- ↑ 国 (koku) — mamlakat
- ↑ Press-konferensiya 12 sentabrya
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anarina N. G. Sakralnaya telesnost yaponskoy xudojestvennoy veshi // Vesh v yaponskoy kulture. M.: Vost. lit., 2003, s. 185-201.
- Grigoreva T. P. Ponimanie iskusstva v Yaponii // Grigoreva T. P. Dvijenie krasoti: Razmishleniya o yaponskoy kulture. M.: Vost. lit., 2005, s. 180-192.
- Xiroaki Sato. Samurai (Wayback Machine saytida 2012-11-20 sanasida arxivlangan) // Xiroaki Sato. Samurai: Istoriya i legendi. SPb. 1999, s.10-26
- A. Meщeryakov. Istoriya sake (Wayback Machine saytida 2018-09-11 sanasida arxivlangan) // A. N. Meщeryakov Kniga yaponskix simvolov. M., 2003, s.419-431
- Donald Richi. Potseluy v Yaponii (Wayback Machine saytida 2008-02-25 sanasida arxivlangan) // Mir po-yaponski. SPb., 2000, s. 79-83
- Rolan Bart. Xokku (Wayback Machine saytida 2008-03-09 sanasida arxivlangan) // Bart R. Imperiya znakov. M.,2004, s. 87-109
- Ye.S. Shteyner. Fenomen cheloveka v yaponskoy traditsii (Wayback Machine saytida 2022-01-23 sanasida arxivlangan) // Chelovek i kultura: Individualnost v istorii kulturi. M., 1990, s. 164—190
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |