Sayfiddin Ismoilov
Sayfiddin Umarovich Ismoilov | |
---|---|
Tavalludi |
18-avgust 1959-yil |
Sayfiddin Umarovich Ismoilov (oʻzbekcha: Сайфиддин Умарович Исмоилов; 18-avgust 1959-yil, Jizzax) – 2010-2016-yillarda Jizzax viloyati hokimi,
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Maʼlumoti – oliy, 1981-yilda Toshkent davlat qishloq xoʻjaligi institutini iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
- 2010-2016-yillarda - xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining deputati. OʻzLiDeP aʼzosi.
- 1981-1982 - Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining katta iqtisodchisi.
- 1982-1983 - Zarbdor tumanidagi «Sharq yulduzi yoʻli» davlat xoʻjaligining brigada boshligʻi.
- 1983-1986 - Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining bosh iqtisodchisi.
- 1986-1988 - Jizzax viloyati agrosanoat qoʻmitasining boʻlim boshligʻi.
- 1988-1990 - Sirdaryo viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim rahbarining oʻrinbosari.
- 1990-1991 - Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari.
- 1991-1992 - Jizzax viloyati audit markazining taftishchisi.
- 1992-1995 - Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasining boʻlim boshligʻi.
- 1995-1997 - Jizzax viloyati hokimligi umumiqtisodiy masalalar majmuasining guruh rahbari.
- 1997-1998 - Jizzax viloyati Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
- 1998-1999 - Jizzax viloyati hokimining umumiqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari - Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining boshligʻi.
- 1999-2004 - Doʻstlik tumani hokimi.
- 2004-2005 - Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
- 2005-2009 - Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri[1].
- 2009-2016 - Jizzax viloyati hokimi[2].
- 2016-2018 - Jizzax tumani hokimi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Vazirlar roʻyxati, 2016-04-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-12
- ↑ Jizzax viloyati haqida[sayt ishlamaydi]
![]() |