Anvar Ikromov
Anvar Salihovich Ikromov | |
---|---|
O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi– | |
Mansab davri 1988-yil 21-oktyabr — 1989-yil 7-oktyabr | |
Avvalgisi | Rajabov Nazir Rajabovich |
Keyingisi | Abdurahmonov Po‘lat Majitovich |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1934-yil |
Vafoti | Aniq emas |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Anvar Salihovich Ikromov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikromov Anvar Salihovich 1934-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Ikromov 1958-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1958-1991-yillarda — Toshkent viloyatidagi jut-kenaf fabrikasi ustasi, boshliq oʻrinbosari, ,,Zarya Vostoka" zavodi sehi boshligʻi, badiiy mahsulotlar zavodi bosh muhandisi, konstruktorlik byurosi bosh muhandisi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Ikromov Anvar,,Yulduz" kiyim-kechak fabrikasi bosh muhandisining oʻrinbosari, partiya qoʻmitasi kotibi, charm-moʻyna fabrikasi direktori, shahar komiteti boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Hamza tuman qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ham ishlagan. Qolaevrsa, Ikromov Anvar Salihovich Ukraina Kompartiyasi (KP) boʻlim mudiri, kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri ham boʻlgan.
Davlat va siyosat arbobi Ikromov Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-va 11-chaqiriqlari deputati, SSSR xalq deputati etib saylangan.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ikromov[sayt ishlamaydi]