Faxmutdin Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faxmutdin Xoʻjayev (1915.12.2, Toshkent viloyati Parkent qishlogʻi — 1975.27.4, Toshkent) — texnolog-muhandis. Sanoat akademiyasi va Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan (1937—41). Texnika fanlari nomzodi (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Toshkent shahri partiya qoʻmitasi xodimi (1946— 47), birinchi kotibi (1950—52, 1958— 60), Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi (1956—57). X.ning faoliyati Oʻzbekistonda paxtachilik va yengil sanoatni rivojlantirish bilan bogʻlangan edi. U Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati (1957—58), paxta tozalash sanoati (1965-68), yengil sanoat (1968-75) vaziri lavozimlarida, xalq xoʻjaligi kengashi tizimlarida ishlagan. Toshkent shahri koʻchalaridan biri uning nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]