Rustam Xolmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Ibragimovich Xolmurodov
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2003-yil 16-dekabr — 2004-yil 9-iyul
Oʻtmishdoshi Shavkat Mirziyoyev
Vorisi Mamarizo Nurmurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-avgust 1949-yil (1949-08-16) (73 yosh)
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Taʼlim Samarqand arxitektura-qurilish instituti
Ilmiy unvoni texnika fanlari doktori, professor

Rustam Ibragimovich Xolmurodov (1949-yil 16-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori, Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati, Samarqand viloyati hokimi (2003-2004). Samarqand davlat universiteti rektori.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini (1967—1972), Kiyev avtomobil yoʻllari institutini (1973—1977) tamomlagan.

1972—1973-yillarda SamGASI qurilish bo'limi assistenti[1]. 1978—1986-yillarda SamGASI Metall, plastmassa, yog'ochni qayta ishlash boshqarmasi boshlig'i. 1997—1999-yillar Taʼlim vaziri oʻrinbosari. 1999-yildan 2003-yil dekabrgacha Samarqand davlat universiteti rektori[2].

2003-yil 16-dekabrdan 2004-yil 9-iyulgacha Samarqand viloyati hokimi. Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati (1999-2004).

2016-yildan Samarqand davlat universiteti rektori.

Asarlari:
  • Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности, Москва, 1995

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]