Kontent qismiga oʻtish

Ergash Soliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ergash Soliyev
 Jizzax viloyati hokimi
Mansab davri
2017-yildan – 2024-yil 19-dekabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ulugʻbek Uzoqov
Vorisi Ulugʻbek Mustafoyev
 Arnasoy tumani hokimi
Mansab davri
2016-yildan – 2017-yilgacha
 Jizzax davlat politexnika instituti rektori
Mansab davri
2012-yildan – 2016-yilgacha
 Paxtakor tumani hokimi
Mansab davri
2000-yildan – 2012-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-iyul 1956-yil (1956-07-17) (68 yosh)
Forish tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Samarqand davlat universiteti
Mukofotlari

Ergash Alibekovich Soliyev (1956-yil 17-iyul kuni, Forish tumanida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, pedagog. 2017—2024-yillarda Jizzax viloyati hokimi.

Ergash Alibekovich 1978-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan va 1981-yilgacha Belarus davlat universiteti aspiranti boʻlgan. 1982—1991-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, dotsent va kafedra mudiri, 1992-yilgacha Toshkent davlat texnika universitetida dotsent lavozimlarida ishlagan. 1992-1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor oʻrinbosari[1], 1997-yilgacha Toshkent biznes inkubator texnologiyasi[2] bosh direktori lavozimida ishlagan.

1997—2000-yillarda Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi, 2000—2012-yillarda esa Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan[3]. 2012-yilda Jizzax davlat politexnika instituti rektori boʻldi[4].

2016—2017-yillarda Ergash Alibekovich Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan va 2017-yilda ushbu lavozimda Ulugʻbek Uzoqov oʻrniga Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan[5].

  1. https://jizzax.uz/rahbariyat/
  2. „ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИ ҲОКИМИ“ (ru). Жиззах вилояти ҳокимлиги расмий ахборот сайти. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  3. https://jizzax.uz/rahbariyat/
  4. „download.php“ (ru). docs.google.com. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  5. „Президент назначил хокимов областей и города Ташкента“ (ru). review.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.