Ispan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ispan tili
Milliy nomi Español, castellano
Mamlakatlar Ispaniya, Meksika, AQSH, Janubiy Amerikadagi bir qancha davlatlar
Rasmiylik holati 21 ta davlatda rasmiy til sifatida qabul qilingan
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni ona tili sifatida 329[1] milliondan 400[2][3][4] million kishigacha.
Ona tili yoki ikkinchi tili sifatida esa 500 million kishi [5]
Turkumlanishi
Til oilasi Hindyevropa
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 es
ISO 639-2 spa
ISO 639-3 spa

Ispan tili — ispanlar tili. Hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. U ushbu til sohiblarining soni boʻyicha dunyoda xitoy tilidan keyingi ikkinchi tildir. Dunyo boʻylab 489 million ispan tili sohiblari mavjud.[6] Shuningdek, ispan tili dunyodagi eng koʻp oʻrganilayotgan ikkinchi til boʻlib, uni kamida 22 million talaba oʻrganmoqda.[6] Boshqa manbalarga koʻra, bu raqam 90 mamlakatda 46 million talabadan oshadi.[7] Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning (Peruda kechua, Boliviyada kechua va aymara, Puerto — Rikoda ingliz tili b-n bir qatorda) rasmiy tili. Filippin va AQSH ning jan.-gʻarbida ham tarqalgan.

Jonli lotin tili asosida shakllangan, koʻp dialektli, lugʻati tarkibida arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina, Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun Ispan tili 15-asr gacha "kastil tili" deb ham atalgan. Ispan tiliga oid dastlabki yozuv namunalari 10— 11-asrlarga oid rasmiy hujjatlarda uchraydi. Ispan tili tovush qurilishi uchun 5 unli, diftong va triftonglar xos. Ur-gʻuning oʻrni qatʼiy emas. Ot va sifat turlanmaydi, jins va son kategoriyalari, artiklning 3 turi (aniq, noa-niq va nol) mavjud. Faqat kishilik olmoshlarigina turlanadi. Gapda soʻzlar tartibi nisbatan erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

Ispan tili — BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri.[8] U shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Janubiy Amerika xalqlari ittifoqi, Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari hamjamiyati, Afrika ittifoqi, Janubiy umumiy bozor va boshqa koʻplab xalqaro tashkilotlarda rasmiy til sifatida qoʻllaniladi.[9][10][11]


Manbalar[tahrir]

  1. Ispan tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni. 2009-yil 14-avgust.
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5
  6. 6,0 6,1 EL ESPAÑOL: UNA LENGUA VIVA INFORME 2020. Instituto Cervantes.
  7. The importance and proliferation of the Spanish language. Spanish55.
  8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  9. Languages. Europa.
  10. OEA. Organização dos Estados Americanos.
  11. Unión Africana. Unión Africana.

Havolalar[tahrir]