Baytqoʻrgʻon jome masjidi
Masjid | |
Baytqoʻrgʻon jome masjidi
Baytqoʻrgʻon | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Qibray |
Manzil | Taraqqiyot qishloq fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1991—1994 |
Soʻngi imom | Amanboyev Muhammad domla Ortigʻaliyevich |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
41°24′35.946″N 69°30′27.886″E / 41.40998500°N 69.50774611°E / 41.40998500; 69.50774611
Baytqoʻrgʻon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baytqoʻrgʻon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Taraqqiyot qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini Furqat koʻchasida joylashgan[1]. Masjidda namozxonlar uchun yetarli sharotlar mavjud. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Amanboyev Muhammad domla Ortigʻaliyevich hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Qibray tumani Baytqoʻrgʻon qishlogʻi nomiga atalgan masjid 1991–1994 yillar davomida Saudiya Arabistonilik asli Oʻzbekistondan boʻlgan Ismatulla Sulton oʻgʻlining hayriya ishlari hisobiga qurilgan. Masjid hududi 0.32 gektar maydoni boʻlib, 1 dona xonaqoh, 1 dona ayvondan Tuzilgan. Ayvon 4 dona ustun asosiga oʻrnatilgan. Masjid atrofida qabriston mavjud emas. Masjidda 2000 nafardan ziyod musulmonlar namoz ibodatini bajarishi mumkin. Masjid qurilishida Samarqand viloyati Urgut tumani gʻisht teruvchi ustalari, Andijonlik naqqosh va yogʻochsoz mohir ustalar ishtirok etishgan. Masjid Qibray tumanining eng koʻrkam, hashamatli va obod maskanlaridan biri hisoblanadi. „Baytqoʻrgʻon“ jome masjidi YUNYeSKO roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Tarixiy yodgorliklarni saqlash boshqarmasi asosida davlat muhofazasiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „БАЙТҚЎРҒОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |