Ar-Rahmon jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ar-Rahmon jome masjidi
Ar-Rahmon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Bobonok koʻchasi 91-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Otabek domla Nurmuhhamedov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ar-Rahmon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ar-Rahmon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Bobonok koʻchasi 91-uyda joylashgan[2]. Jome masjid Toshkent shahriga yaqin hududda joylashganligi sababli Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namozi vaqtlarida namozxonlar bilan doimo toʻla boʻladi. Mazkur masjidga Salar qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Bobonok mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor koʻchasi, Guliston mahalla fuqarolar yigʻini, Rayxon mahalla fuqarolar yigʻini, Karamurt mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻiston mahalla fuqarolar yigʻini, Binokor mahalla fuqarolar yigʻini, Intilish mahalla fuqarolar yigʻini, Omad mahalla fuqarolar yigʻini, ToshGRESS qoʻrgʻoni mahalla fuqarolar yigʻini, Xisorak mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Otabek domla Nurmuhhamedov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ar-Rahmon jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga topshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 13-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АР-РАХМОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.