Doʻrmon jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Doʻrmon jome masjidi
Doʻrmon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Do'rmon shaharchasi, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Bahor ko'chasi 12-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Mirodil domla Mirjalilov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Doʻrmon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻrmon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Doʻrmon shaharchasi, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Bahor koʻchasi 12-uyda joylashgan. Mazkur masjidga Doʻrmon shaharchasi, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Bahor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Mirodil domla Mirjalilov hisoblanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻrmon jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 30-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. „Doʻrmon“ jomeʼ masjidi 2004-yildan taʼmirlash ishlari boshlanib 2007-yilda hashar yoʻli bilan tugatilgan[2]. Jome masjid qadimgi ipak yoʻli yaqin joyida joylashganligi tufayli, musofir insonlar, ziyoratchilar uchun namoz oʻqib ketadigan joy boʻlgan. Sobiq tuzum davrida mazkur masjid binosidan omborxona sifatida foydalanishgan. Natijada masjid binosi birmuncha eskirib qolgan. 2012-yilda masjidning eski taxoratxonasi oʻrnida zamon talablari asosida yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. Masjid bogʻi yanada obodonlashtirildi, turli xil mevali va manzarali oʻsimliklar, hamda, gullar ekildi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"DO'RMON" jome' masjidi“. orginfo.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „ДЎРМОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „Дўрмон жоме масжиди“. www.hazratnavoi.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.