Qibray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Qibray
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Toshkent viloyati
Tuman Qibray tumani
Koordinatalari 41°23′23″N 69°27′54″E / 41.38972°N 69.46500°E / 41.38972; 69.46500Koordinatalari: 41°23′23″N 69°27′54″E / 41.38972°N 69.46500°E / 41.38972; 69.46500
Aholisi 27 700 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qibray (Oʻzbekiston)
Qibray

Qibray — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1973 yildan), tuman markazi. Toshkent shahridan 18 km shim.sharqda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qodiriya (10 km). Aholisi 14 ming kishi (2004). Mahalliy rivoyatlarga koʻra "Qibray" (qadimda "Qiray") nomi qadimiy turkiy qabila nomidan kelib chiqqan.

Q.da sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalari va mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar, Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tokchilik va vinochilik filiallari, avtokorxona, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, Mustaqillik maydoni, oʻquv sport kti, stadion, suzish havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. Shahar oʻrtasidagi maydonda Xotira monumenti oʻrnatilgan. Tuman markaziy kasalxonasi, tibbiy tez yordam boʻlimi, poliklinika, markaziy dorixona, tugʻruqxona majmui va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Shaharcha yaqinida bir qancha sanatoriy va dam olish uylari (shu jumladan, "Botanika", "Boʻston", "Umid gulshani", "Qibray", "Navbahor", "Energetik" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Q.dan Toshkent shahri gacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi Q. yonidan oʻtadi.

Toshkent markazi

Qibray.