Dada Muhammad xoji Firdavs jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Dada Muhammad xoji Firdavs jome masjidi
Dada Muhammad xoji Firdavs
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Yonariq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qurilish mahalla fuqarolar yigʻini, Terakzor koʻchasi 80-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xayrulla domla Hamidov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Dada Muhammad xoji Firdavs jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dada Muhammad xoji Firdavs jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Yonariq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qurilish mahalla fuqarolar yigʻini, Terakzor koʻchasi 80-uyda joylashgan[1]. Mazkur masjidga Yonariq qishloq fuqarolar yigʻini, Qurilish mahalla fuqarolar yigʻini, Terakzor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Xayrulla domla Hamidov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2002-yil 19-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjid 1880-yillarda asli Fargʻona viloyatidan boʻlgan Dada muhammad xoji tomonidan barpo etilib, Yonariq qishlogʻi aholisiga hadya qilingan. Sobiq sovet davrida jome masjid binosidan avval omborxona, keyinchalik Qurilish kolxozi klubi, soʻngra xoʻjalik mollari doʻkoni sifatida foydalanilgan. 1991-yilda jome masjid Yonariq qishlogʻi musulmonlari ixtiyoriga qaytarib berilgan. 1993-yildan 2000-yillar orasida jome masjid binosi qaytadan kapital taʼmirlangan. Yangi masjid qurilishi ishlari mahalliy aholi, homiylar orqali hashar yoʻli va „Firdavs“ jamgʻarmasi koʻmagi bilan olib borilgan. „Dada muhammad xoji Firdavs“ jomeʼ masjidi hududi 0.17 gektar booʻlgan hududni oʻz ichiga oladi. Masjid binosi ikki qisamdan iborat: xonaqoh va ayvondan iborat. Xonaqoh 17x8 metr, ayvon esa 17x13 metr, balandligi 5 metr oʻlchamga ega hisoblanadi. Jome masjid hududi atrofida qabriston mavjud emas[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"DADA MUHAMMAD HOJI FIRDAVS" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „ДАДА МУХАММАД ХОЖИ ФИРДАВС ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.