Darvish buva jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Darvish buva jome masjidi
Darvish buva
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Zokir domla Ziyatdinov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Darvish buva jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darvish buva jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Qibray qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini, Qibray koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 750 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Qibray qishloq fuqarolar yigʻini, Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini, Qibray mahalla fuqarolar yigʻini, Azim koʻchasi, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Sihatgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Soxibkorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Samarqand mahalla fuqarolar yigʻini, Akmal Ikromov mahalla fuqarolar yigʻini, Toshkent mahalla fuqarolar yigʻini, Markaziy koʻchasida yashovchilar tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Zokir domla Ziyatdinov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darvish buva jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi zamonaviy talablar asosida, sharqonna yoʻnalishda qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 20-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дарвиш бува жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"DARVISH BUVA" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.
  3. „"DARVISH BUVA" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.