Turklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Turklar
Türkler
Turks collage.png
Umumiy aholi soni

70 - 75 million
(dunyo aholisining tahminan 1.05% foizi)

Katta aholiga ega mintaqalar
 Turkiya 58,000,000-61.400.000 [1][2]
 Germaniya 2,800,000-3.500.000 [3][4]
 Iroq ca. 500,000-3.000.000 [5]
 Suriya lesser than 190,000-750.000 [6]
 Bolgariya 750,000-1.000.000 [7][8][9]
 Fransiya 500,000 [10][11]
 Buyuk Britaniya 500,000 [12]
 AQSh 500,000 [13][14]
 Niderlandlar 400,000 [15][16][17]
 Eron 400,000 [18]
 Northern Cyprus 260,000 [19][20]
 Avstriya 250,000 [21][22]
 Belgiya 200,000 [23][24]
 Avstraliya 150,000 [25][26]
 Yunoniston 130,000 [27][28][29]
 Saudiya Arabistoni 120,000 [30]
 Shveysariya 100,000 [31]
 Rossiya 100,000 [32]
 Makedoniya Respublikasi 80,000 [33]
 Daniya 70,000 [34][35]
 Shvetsiya 70,000 [36][37]
 Ozarbayjon 50,000 [38]
 Kanada 50,000 [39][40]
 Ruminiya 44,500 [41]
 Misr 40,000 [42]
 Isroil 20,000 [43]
 Kosova 20,000 [44]
 Norvegiya 15,000 [45]
 Italiya 14,500 [46]
 Yaponiya 10,000 [47]
Tillar
Turkcha
Dinlar
aksariyat Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar

Turklar — xalq. Turkiyaning asosiy aholisi (50 mln. kishi). Umumiy soni 53,3 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Turk tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Turklar antropologik jihatdan janubiy yevropeoid irqning Oʻrta dengiz guruhiga mansub. Etnik jihatdan Turklar 2 asosiy qism: X — XIII asrlarda saljuqiylar va moʻgʻullar istilosi davrida Oʻrta Osiyo va Erondan Kichik Osiyoga koʻchib kelgan koʻchmanchi turk chorvador qabilalari (asosan, oʻgʻuzlar va turkmanlar) va mahalliy (Kichik osiyolik) aholidan tarkib topgan. Turklarning bir qismi (uzlar va bijanaklar) Bolqon yarim orol orqali Kichik Osiyoga kirib kelgan.

Turklar mahalliy aholi (yunon, arman, gruzin va hokazo) bilan aralashib, ularning bir qismini oʻziga singdirib oldi, ularning xoʻjaligi va madaniyatining juda koʻp belgilarini oʻzlashtirdi. Etnogenezida, shuningdek, arab, kurd, janubiy slavyan, rumin, alban va boshqa elementlar ham qatnashgan. XIV— XVI-asrlarda Turklar Bolqon yarim orol va Kiprni egallaganlar. Turk xalqi taxminan XV asrda tarkib topdi. Turklar tarkibida yarim koʻchmanchi etnografik guruhlar: yuruklar, turkmanlar, taxtajlar, abdallar va hokazo bor. Yarim koʻchmanchilar oʻtroqlashib, Turklar tarkibiga singib bormoqda. Hozirgi Turklarning koʻpchiligi (65%) qishloq xoʻjaligida (dehqonchilik va chorvachilik), milliondan ziyodi sanoatda band.

Turklar — Kichik Osiyo yarim orolida yashaydigan turkiy millat. Turklarning asosiy qismi Turkiya hududida istiqomat qiladi, shuningdek Olmoniya (2.8 mil3.5 million kishi), Bolgariya (750 ming-1 milion kishi, Niderlandiya (400 ming kishi), Farangiston (500 ming kishi), Maqduna (110 ming), Yunoniston (100 ming), Kipr (280.000) singari oʻlkalarda yashayotgan turklarni uchratish mumkin.

Anʼanviy turk qahvası

Tili[tahrir]

Turk tili (turkcha) Oltoy tillar oilasining Turkiy tillar boʻlimi Oʻgʻuz guruhiga mansubdir. Zamonaviy Turk tili Gagauz tiliga juda yaqindir. Baz’i qismlari Ozarbaidjoncha, Turkmanchaga ham oʻxshaydi. Turkchaning Arab imlosidagi, Lotin imlosidagi yozuvlarini uchratish mumkin. Mustaqillikdan soʻng hukumat Arab imlosidandan Lotin alifbosiga oʻtishga qaror berdi va hozirgi kunga kelib toʻliq lotinlashtirilgan.

Din[tahrir]

Arablar kelguniga qadar Turklar Tangritanlik dinlariga sigʻinar edilar. Milodiy 8-asrlardan boshlab turklar Islom dinini qabul qila boshladilar. Ayni paytda Turklar, Islom dinining Sunniylik mazhabidadir.

Manbalar[tahrir]

  1. Central Intelligence Agency. „The World Factbook; Turkey“. 13-May 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  2. Helen Chapin Metz, ed. Turkey: A Country Study. Washington: GPO for the Library of Congress, 1995. Turks
  3. France24. „New generation of Turks eyes brighter future in Germany“. 28-Fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-Fevral 2009-yil.
  4. Deutsche Welle. „German Interior Minister Pledges to Improve Turkish Integration“. Qaraldi: 18-Fevral 2009-yil.
  5. Bill Park Turkey's Policy Towards Northern Iraq. Taylor & Francis, 2005. — s. 36. ISBN 9780415382977. 
  6. http://www.state.gov/r/pa/ei/bgn/3580.htm
  7. Karpat, Kemal Studies on Ottoman Social and Political History. Greenwood Publishing Group, 2002. — s. 6. ISBN 9789004121010. 
  8. Gulcan, Nilgun. „Population of Turkish Diaspora“ (16-Aprel 2006-yil).
  9. Diplomatic Observer. „HISTORY IS WRITTEN BY DIFFERENCES; DIFFERENCES MAKE HISTORY“. 26-Aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-Iyul 2008-yil.
  10. Hunter, Shireen Islam, Europe's Second Religion: The New Social, Cultural, and Political Landscape. Greenwood Publishing Group, 2002. — s. 6. ISBN 978-0275976088. 
  11. Todays ZAMAN. „Ankara Continues to Criticize Genocide Bill“. Qaraldi: 18-Dekabr 2008-yil.
  12. Federation of Turkish Associations UK. „BRIEF HISTORY OF THE FEDERATION OF TURKISH ASSOCIATIONS IN UK“. 9-Dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-Dekabr 2008-yil.
  13. Encyclopedia of Cleveland History. „Immigration and Ethnicity: Turks“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  14. TURKISH SOCIETY OF ROCHESTER, NEW YORK. „About Turkish Society of Rochester“. 19-Oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-Dekabr 2008-yil.
  15. CBS StatLine. „Population by origin and generation, 1 January“. Qaraldi: 16-Iyul 2008-yil.
  16. Netherlands Info Services. „Dutch Queen Tells Turkey "First Steps Taken" On EU Membership Road“. 13-Yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-Dekabr 2008-yil.
  17. Dutch News. „Dutch Turks swindled, AFM to investigate“. Qaraldi: 16-Dekabr 2008-yil.
  18. Global Security. „Iranian Ethnic Groups“. Qaraldi: 9-Oktabr 2008-yil.
  19. Nusfus Ayimi. „The press statement of Prime Minister Ferdi Sabit Soyer on the tentative results of 2006 population and housing census (5-may 2006-yil)“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  20. Association of Turkish Cypriots Abroad. „ATCA news: National census held on 01/05/06 records a population of 264,172“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  21. Großer Türkenanteil in Österreich, archived from the original on 2009-01-13, https://web.archive.org/web/20090113091440/http://www.turkischegemeinde.at/Pressemitteilungen/Grosser-Tuerkenanteil-in-Oesterreich.html, qaraldi: 2009-03-13 
  22. Guardian. „Austria is not a racist country“. Qaraldi: 18-Dekabr 2008-yil.
  23. King Baudouin Foundation. „Belgian-Turks A Bridge or a Breach between Turkey and the European Union?“. Qaraldi: 26-Dekabr 2008-yil.
  24. King Baudouin Foundation. „Turkish communities and the EU“. Qaraldi: 26-Dekabr 2008-yil.
  25. Sydney Morning Herald. „Old foes, new friends“. Qaraldi: 26-Dekabr 2008-yil.
  26. Turkish Embassy AU. „Turkish National Day“. 25-Fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-Dekabr 2008-yil.
  27. European Free Aliance. „The Ignored Minorites in Greece: WESTERN THRACE TURKS and MACEDONIANS“. Qaraldi: 18-Dekabr 2008-yil.
  28. The Human Rights Watch. „Turks Of Western Thrace“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  29. Greek — Turkish minorities, archived from the original on 2009-10-25, https://www.webcitation.org/query?id=1256463506735207&url=www.geocities.com/athens/9479/trakia.html, qaraldi: 2009-10-25 
  30. Gerald Robbins. Fostering an Islamic Reformation Arxivlandi 2008-10-21 Wayback Machine saytida.. American Outlook, Spring 2002 issue.
  31. The Federal Authorities of the Swiss Confederation. „Bilateral relations between Switzerland and Turkey“. Qaraldi: 16-Dekabr 2008-yil.
  32. Centre For Russian Studies. „2002 Nationality report“. 30-Sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  33. Central Intelligence Agency. „The World Factbook; Macedonia“. 21-Sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  34. StatBank Denmark. „Danmarks Statistik“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  35. DR Online. „Tyrkisk afstand fra Islamisk Trossamfund“. Qaraldi: 8-Fevral 2009-yil.
  36. ZAMAN. „Erdoğan’s visit to Stockholm and Turkish-Swedish relations“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  37. Murat, Sedat „Immigrant Turks and their socio-economic structure in European countries“. İktisadi ve İdari Bilimler Dergisi (2000). 26-Iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  38. The Statistical Committee of the Republic Of Azerbaijan. „Population by ethnic groups (based on population census)“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  39. Canada's National Statistical Agency. „Statistics Canada“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  40. Turkish Canadian Relations, archived from the original on 2010-02-04, https://web.archive.org/web/20100204085408/http://www.turkishembassy.com/II/O/Turkish_Canadian_relations.htm, qaraldi: 2009-03-13 
  41. Central Intelligence Agency. „The World Factbook; Romania“. 21-Sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  42. Joshua Project - Ethnic People Groups of Afghanistan
  43. Mirora Translation & Consultancy Co.. „'The fifth most spoken language of the world' Turkish“. Press-reliz. 3-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  44. „Kosovo in figures 2005“. Statistical Office of Kosovo. Provisional Institutions of Self Government (2005). Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  45. Statistics Norway; Statistik sentralbyra. „Population by Norwegian/foreign citizenship and immigrant populations country background (2008)“. Qaraldi: 9-Iyul 2008-yil.
  46. Statistiche Demografiche ISTAT. „Resident Population by sex and citizenship (Middle-East Europe)“. Qaraldi: 25-Fevral 2009-yil.
  47. „Japonya Türk Toplumu (Turkish Community of Japan)“(aniqlanmagan). Embassy of Turkey in Japan. 6-May 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-Iyun 2008-yil.