Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabi: Versiyalar orasidagi farq
Saidrizo70 (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
Saidrizo70 (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 144: | Qator 144: | ||
|Izoh = |
|Izoh = |
||
}} |
}} |
||
== Peshku |
== Peshku tumani haqida qisqacha maʼlumot == |
||
'''Peshku tumani''' — Oʻzbekiston Respublikasi [[Buxoro viloyati]]dagi tuman. [[1950-yil]] [[15-aprel]]da tashkil etilgan. Maydoni 10,3 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 129,3 ming kishi (2023). Aholi zichligi 1 km<sup>2</sup>.ga 13,1 kishi toʻgʻri keladi. Peshku tumanida 37 ta Mahalla fuqarolari yigʻini (Abu Ali ibn Sino, Bogʻimuso, Varaxsha, Jongeldi, Zandoni, Peshku, Chibogʻani, Yangibozor, Qalʼaimirishkor, Qoraqalpoq) bor<ref>{{Citation |year= |title=СОАТО Система обозначений административно-территориальных образований |url=http://stat.uz/upload/iblock/4eb/SOATO.zip |access-date=2014-04-09 |archivedate=2012-08-28 |archiveurl=https://www.webcitation.org/6AFMlmb9y?url=http://stat.uz/upload/iblock/4eb/SOATO.zip }}</ref>. Markazi — [[Yangibozor]] shaharchasi. |
'''Peshku tumani''' — Oʻzbekiston Respublikasi [[Buxoro viloyati]]dagi tuman. [[1950-yil]] [[15-aprel]]da tashkil etilgan. Maydoni 10,3 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 129,3 ming kishi (2023). Aholi zichligi 1 km<sup>2</sup>.ga 13,1 kishi toʻgʻri keladi. Peshku tumanida 37 ta Mahalla fuqarolari yigʻini (Abu Ali ibn Sino, Bogʻimuso, Varaxsha, Jongeldi, Zandoni, Peshku, Chibogʻani, Yangibozor, Qalʼaimirishkor, Qoraqalpoq) bor<ref>{{Citation |year= |title=СОАТО Система обозначений административно-территориальных образований |url=http://stat.uz/upload/iblock/4eb/SOATO.zip |access-date=2014-04-09 |archivedate=2012-08-28 |archiveurl=https://www.webcitation.org/6AFMlmb9y?url=http://stat.uz/upload/iblock/4eb/SOATO.zip }}</ref>. Markazi — [[Yangibozor]] shaharchasi. |
||
16-mart 2024, 06:57 dagi koʻrinishi
![]() | Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: VP:TOʻM#U2 va VP:TOʻM#U4. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta Saidrizo70 (hissasi | qaydlar) tomonidan 06:57, 16-mart 2024 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan. |
Kasb-hunar maktabi | |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2009-yil |
Direktor | Qahhorov Vohid Ziyodullayevich |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 997046880 |
Rasmiy sayti | http://peshku1-sonkhm.uz/ |
Xaritada | |
![]() |
Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Maktabning tashkil etilishi
Peshku tuman 1–son kasb–hunar maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb–hunar taʼlimi markazining 2009–yil 11–martdagi 60–sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009–yil 11–maydagi 141–sonli buyruqlari hamda Buxoro shahar hokimining 2009–yil 27–iyundagi 632–sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Yoʻnalishlar
1–kurslar
- Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash
- Suv xoʻjaligi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi operatori
- Traktorchi–mashinist
- Tikuvchi
- Sartarosh (modelyer)
- Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari)
2–kurslar
- Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash
- Avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat koʻrsatish
- Avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash
- Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatorlari
- Elektromontyor
- Tikuvchi
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Buxoro viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yangibozor |
Asos solingan sanasi | 1950-yil |
Hokim | Qahhorov Vahob Hamidovich[1] |
Aholi (2013) |
![]() |
Zichligi | 13,1 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
oʻzbeklar — 80,27% tojiklar — 16,19% qozoqlar — 2,33% turkmanlar — 0,28% va boshqalar 0,93 %[2] |
Maydoni | 8,200 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 6535[3] |
Avtomobil raqami kodi | yangisi (80-84), eskisi (20)[4] |
Rasmiy sayti | http://peshku.buxoro.uz/ |
Xaritada | |
![]() |
Peshku tumani haqida qisqacha maʼlumot
Peshku tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil etilgan. Maydoni 10,3 ming km2. Aholisi 129,3 ming kishi (2023). Aholi zichligi 1 km2.ga 13,1 kishi toʻgʻri keladi. Peshku tumanida 37 ta Mahalla fuqarolari yigʻini (Abu Ali ibn Sino, Bogʻimuso, Varaxsha, Jongeldi, Zandoni, Peshku, Chibogʻani, Yangibozor, Qalʼaimirishkor, Qoraqalpoq) bor[5]. Markazi — Yangibozor shaharchasi.
Tarixi
1959-yil 19-aprelda Vobkent tumani tarkibiga kiritilgan, 1978-yil 5-aprelda qaytadan tuzilgan. 1988-yil 5-sentabrda Romitan tumani bilan birlashtirilgan, 1989-yil 17-maydan yana alohida tuman maqomiga ega boʻldi.
Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi („Peshku “) "Peshi koʻy — „Katta yoʻl ustidagi joy“ maʼnosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik tuman ham shu nom bilan atalgan. Bu atamaning „peshi koʻh“ — „oldindagi togʻ“ varianti ham bor.
Aholisi
Aholisi 129,3 ming kishi, 80,27 foizi oʻzbeklar, 16,19 foizi tojiklar, 2,33 foizi qozoqlar, 0,28 foizi turkmanlar va qolgan 0,93 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 km2ga 13,1 kishi toʻgʻri keladi.
Ijtimoiy soha
Tumandagi 48 umumiy taʼlim maktabida 23,027 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 kollej (Peshku sanoat, transport, aloka va qishloq xoʻjalik kollejlari, 1060 oʻquvchi) ishlab turibdi. 32 kutubxona, buyuk alloma ibn Sino yurti Afshona qishlogʻida Abu Ali ibn Sino muzeyi bor. Tumandagi 300 oʻrinli kasalxona va boshqa tibbiy muassasalarda 126 vrach ishlaydi. 1979-yildan „Peshku ovozi“ gazetasi chop etiladi (adadi 1000).[6]
Georafiyasi
Peshku tumani viloyatning markaziy qismida joylashgan va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishi boʻylab uning eng shimoliy chekkasigacha 250 km masofaga choʻzilgan. Shimoldan Navoiy viloyati, shimoli-garbdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimoliy-sharq va sharqdan viloyatning Shofirkon, Vobkent tumanlari, janub va janubi-sharqdan Romitan, Jondor tumanlari bilan chegaradosh.
Tabiati
Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat. Faqat, Quljuqtovga tutash yerlarida relyefi bir oz murakkab va bu yerdagi past togʻlarning balandligi 785 m ga yetadi. Bu viloyatdagi eng baland joydir. Peshku tumanining 4% ga yaqin maydoni Buxoro vohasidagi sugʻoriladigan yerlardan iborat, qolgan qismi turli tipdagi choʻl yaylovlaridir. Tumanning voha qismida madaniy tuproqlar, choʻl zonasida sur tusli qoʻngʻir, choʻl qumli, qumloq, taqir, taqirsimon va shoʻrxok tuproqlar uchraydi. Quljuqtov etagidagi quruq oʻzanli Daryosoy vodiysida taqirsimon tuproqdar katta maydonni egallagan. Qumli joylarda oq saksovul, quyonsuyak, qandim, partak, patloq, cherkez, gipsli choʻllarda shuvoq, isiriq, sassiqkovrak, qizilcha (efedra), tuyatovon, etalak, karrak oʻsadi. Choʻllarda sut emizuvchi hayvonlar, Qorakoʻl koʻli atrofilarida esa suv boʻyi qushlar yashaydi. Qoraqir tashlama koʻli va koʻl sohili, suv boʻyi qushlari va nodir hayvonlarni qoʻriqlash maqsadida, buyurtma hudud deb eʼlon qilingan.
Iqlimi
Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iqlimi. Tuman hududi shimoli-gʻarbga choʻzilganligi tufayli iqlimida sezilarli hududiy farqlanishlar bor. Yanvar oyining oʻrtacha harorati janubida 0° atrofida, shimolda —2°,—3 °C, iyulniki 28—31,5 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin 100-130 mm., Quljuqtovda 200 mm, togʻning shimoli-gʻarbiy etagidagi pastkamliklarda 75 mm. Vegetatsiya davri 200— 205 kun. Yil davomida shamol esadi. Shamollar yil davomida aksariyat janubda, janubi-gʻarb yoʻnalishga ega. Shamollar yil davomida aksariyat janub, janubi-gʻarb yoʻnalishga ega.
Ichki suvlari
Tuman choʻl zonasida joylashgan, doimiy oqar suvlar yoʻq. Ekinzorlar Amu—Buxoro mashina kanalining shimoli-gʻarbiy tarmogʻidan sugʻoriladi. Tuman hududidan qoʻshni tumanlarga kirib keladigan oqova suvlar Shimoli-gʻarbiy kollektor orqali suv boʻyida yashovchi qushlarning yirik maskani boʻlgan Qoraqir koʻliga (maydoni 23,7 km2) oqiziladi.
Xoʻjaligi
Tumanda paxtachilik, gʻallachilik, sabzavot va polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonchilik, ipakchilik yoʻlga qoʻyilgan. Sanoat korxonalari faoliyati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta iishash bilan bogʻliq. Paxta tozalash zavodi, 2 avtokorxona, 427 kichik, 2 kooperativ, bitta xoʻjaliklararo korxona bor. Oʻzbekiston—Belarus „Peshku-teks“ qoʻshma korxonasi mavjud. Avto yoʻllar uzunligi 392 km. Tumanda 15 shirkat xoʻjaligi, 487 dehqon-fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni 22,3 ming ga, shu jumladan, 10,5 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga don, boshqa yerlarga poliz, sabzavot, kartoshka, ozuqa va boshqa ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 38 mingdan ziyod qoramol, 104,8 ming qoʻy va echki, 1892 tuya, 518 ot, 21450 parranda boqiladi.
Manbalar
- ↑ Buxoro viloyati Peshku tumani hokimligi, 2019-01-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-01-13
- ↑ VILOYAT HAQIDA - SHAHAR VA TUMANLAR, 2019-05-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-09
- ↑ Телефонные коды городов Узбекистана
- ↑ Индекс автомобильных номеров Узбекистана
- ↑ СОАТО Система обозначений административно-территориальных образований, 2012-08-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-09
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |