Shofirkon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Shofirkon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Shofirkon tumani
Koordinatalari 40°07′0″N 64°30′0″E / 40.11667°N 64.50000°E / 40.11667; 64.50000Koordinatalari: 40°07′0″N 64°30′0″E / 40.11667°N 64.50000°E / 40.11667; 64.50000
Aholisi 17 000 nafar (2004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shofirkon (Oʻzbekiston)
Shofirkon

Shofirkon — Buxoro viloyati Shofirkon tumaniyaagi shahar (1995 yildan), tuman markazi (1926 yildan). Viloyat markazi (Buxoro)dan 40 km. Yaqin t.y. stansiyasi — Qiziltepa (32 km). Aholisi 17 ming kishi (2004), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.

SH. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida yozilishicha , shahar nomi "Shopurkom", yaʼni Shopur qazdirgan ariq (kanal) soʻzlaridan kelib chiqqan. Keyinroq ariq yonida vujudga kelgan qalʼa ham "Shopurkom" deb atalgan deyiladi. shahrida oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik rivoj topgan. Sh. haqida ayrim maʼlumotlar Mahmud ibn Valining "Bahr alasror" ("Geografiya") (17-asr) asarida ham keltirilgan. Ayniyning yozishicha, 19-asr oxirlari va 20asr boshlarida Sh. va uning atrofidagi qishloqlarni bir necha marta qum bosgan.

shahrida vino zavodi, paxta tozalash zavodi va boshqalar sanoat korxonalari, 4 qurilish tashkiloti, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, avtovokzal, mehmonxona, aloqa boʻlimi, turli banklar boʻlimlari, 100 dan ortiq savdo, jamoat ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 50 umumiy taʼlim maktabi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat maktabi, 4 kasb-hunar kolleji (qishloq xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish, iqtisodiyot kollejlari,pedagogika kolledji) bor. 9 kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, "Xotira" yodgorligi, stadion, 10 dan ortiq sport maydonchalari, 5 sport zali mavjud. Markaziy tuman kasalxonasi, 4 poliklinika, 10 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.

Ad. Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Maxmud ibn Vali, More tayn otnositelno doblestey blagorodnix (Geografiya), T., 1977; Buxoro Sharqdurdonasi, T., 1997.