Afshona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afshona
Qishloq
39°59′40″N 64°22′45″E / 39.99444°N 64.37917°E / 39.99444; 64.37917 G OKoordinatalari: 39°59′40″N 64°22′45″E / 39.99444°N 64.37917°E / 39.99444; 64.37917 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Tuman Peshku
Ilk eslatilishi VIII asr
Afshona xaritada
Afshona
Afshona

Afshona, Afshina — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi Buxoro shahridan 30 kilometr shimoli-sharqda joylashgan qadimiy qishloq. Abu Ali Ibn Sinoning vatani sifatida tanilgan uning onasi Sitorabonu afshonalik edi. Qishloqda 980-yilda Ibn Sino va 985-yilda ukasi Mahmud dunyoga kelgan. Ibn Sino besh yoshigacha Afshonda yashagan, keyin oilasi Buxoroga koʻchib kelgan. Buyuk olim tavalludining 1000-yilligi Afshonada tantanali nishonlangan. Shu munosabat bilan Afshonada ikkita sopol gumbazli, eshik va ustunlari oʻyilgan, devor bezaklari bilan bezatilgan muhtasham dam olish maskani qurilgan.

Manbalarda Yoqutiy uni Buxoroning qishloqlaridan biri sifatida tilga olgan. As-Samaoniy asarlarida Afshona „Fashna“ shaklida uchraydi. Maqdisiyning yozishicha: Afshona Buxoroning gʻarbiy tomonida joylashgan. Unda koʻp odamlar yashaydi. Hududi katta, toza va chiroyli boʻlgan[1].

Narshaxiyning yozishicha, "Afshona mustahkam hisor va katta shahristonga ega boʻlib, bir qancha qishloqlar unga mansub boʻlgan, u yerda haftada bir kun bozor boʻlgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari Madrasa talabalariga vaqf qilingan. Katta shoristonga va mustahkam hisorga ega boʻlgan. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor boʼlgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan. Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jome bino qilgan. Muhammad ibn Vose ham bir masjid qurdirgan. Bu yer duo qabul boʼladigan joy boʻlgan. Odamlar shahardan u joyga borganlar va uni tabarruk deb hisoblaydilar. Shunga koʻra Afshona sugʻdcha „duo tezroq mustajob boʻladigan muqaddas joy“ maʼnosini anglatadi. Abu Ali ibn Sino shu qishloqda tugʻilgan. Buyuk olim tavalludining 1000-yilligi Afshonada tantanali nishonlangan. Afshonada bugungi kunda Ibn Sino nomidagi muzey faoliyat koʻrsatmoqda.

Shahar manbalarda Afshina deb ham tilga olinadi. Tarixchilar fikricha, 439-yilda xitoyliklardan yengilgan turklar yoʻlboshchisi Ashina yabgʻu 500 ga yaqin oilaga boshchilik qilib oʻz urugʻini Nanshandan Oltoy tomonlarga koʻchirib olib kelgan. Yillar oʻtib urugʻ oqsoqoli Bumin Turk xoqonligiga asos soladi. Buminning inisi Istami 553—567-yillarda yaqin atrofdagi qabilalarni oʻziga itoat ettiradi. Aslida turklar va eftaliylar bir qavmdan boʻlgan. Ularning manfaatlari Oʻrta Osiyoda toʻqnash keladi. 567-yilda Buxoro yaqinida yuz bergan 8 kunlik jangdan soʻng, eftaliylar chekinadi[2]. Buxoro atroflari turklar qoʻl ostiga oʻtadi. Hudud dastlab Turk hoqonligi, 603-yildan Gʻarbiy Turk yabgʻu hoqonligi tarkibida boʻlgan va mahalliy hukmdorlar tomonidan boshqarilgan.

Bu yerlarda turklar oʻtroqlashib, oʻz qishloqlarini barpo etganlar. Afshina nomi turkiy til anʼanalariga koʻra ikki soʻzdan tuzilgan. Qadimgi turkiy tilda af yoki ev, ab uy degan maʼnoni anglatsa, shina ashinalar atamasining qisqargan holatidir. Yaʼni ashinalar yashaydigan qishloq degan maʼnoni bildiradi. Afshina qishlogʻi Turk yabgʻularining Soʻgʻddagi qarorgohi boʻlgan. Afshina yirik shaharlardagi kabi soʻgʻdiy va turkiy tilda emas, faqat turkcha soʻzlashgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Афшона“. Qaraldi: 25-iyul 2023-yil.
  2. „Илк ўрта асрлардаги Чоч тараққиётига Сўғднинг таъсири“. Qaraldi: 25-iyul 2023-yil.
  3. Азимхўжа Отахўжаев. Абу Али ибн Сино. Toshkent „Abu matbuot-konsalt“ 2011 — 6 bet. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil