Koʻkcha (daha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻkcha — oʻtmishda Toshkentdagi daha va darvoza nomi. Shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Daha hududini chuqur jarliklar kesib oʻtgan. Aholisi, asosan, koʻnchilik bilan shugʻullangan. Mac, 1871 yilda dahadagi 695 ustaxonadan 341 tasi koʻn-teri, 218 tasi kosibchilik ustaxonasi boʻlgan. K.da 7 xumdon, 22 tegirmon, 22 objuvoz, 2 Madrasa, 34 maktab, 5 ta masjid, 18 ta qadamjoy-mozor boʻlib, shundan eng mashhuri Shayx Zayniddinbobo qabristoni hisoblangan. Daxdsa 3 ta darvoza (Koʻkcha, Sagʻbon, Chigʻatoy) bor edi. K. atamasi dastlab 14-asr oxiridagi Toshkent darvozalari roʻyxatida keltirilganligi tarixchi Muhammad Solih Toshkandiyning "Tarixi jadidai Toshkand" asarida qayd etilgan. "K." nomi baʼzi tadqiqrtchilar fikricha, "kohcha" — qalʼacha nomidan, boshqa bir tadqiqotchilar fikricha esa "koʻhcha" — togʻcha, tepalik, balandlik nomidan olingan. Binkat hududi 11 —12-asrlarda gʻarb tomonga kengayishi natijasida hozirgi Chorsudagi, Koʻkaldosh madrasasi, Xoja Ahror jome masjidi oʻrnashgan yer va ular ortidagi tepalik ("koʻhcha") gʻarbi va shim.dagi hududlar oʻzlashtirilib yangi turar joy mavzelari, boʻlgʻusi K. dahasi vujudga kelgan. Buni 18—19-asrlarda bu yerga kelgan rus sayyohlari ham qayd etishgan. Mas, xorunjiy Potanin 1829—30 yillarda Toshkentda boʻlganida "Shahar markazida xiyla baland doʻnglik (koʻhcha) joylashgan boʻlib, shahar aholisi u yerda tez-tez sayillar, bayramlar oʻtkazish uchun toʻplanadilar. Bu yerdan shahar hududi xuddi kaftdek koʻzga tashlanib turadi", deb yozgan. "K." atamasi Oʻrta Osiyoning bir qancha joylarida uchraydi. Mac, Ya. Gʻulomov "Xorazm tarixi" asarida Koʻkcha-3 qabristoni K. tepaligi yaqinida joylashganini yozadi. K. darvozasi shaharni shim.dagi koʻchmanchi xalqlar, elatlar bilan iqtisodiy, savdo aloqalarini rivojlantirishda, ularning hujumidan mudofaa etishda katta rol oʻyvagan. Muhammad Solih Toshkandiyning fikricha, K. darvozasi Shayx Zayniddinbobo qabristonidan 1800 qadam masofada joylashgan. Bu hozirgi Yangishahar mahallasi boshidagi guzarga toʻgʻri keladi.

Ad:. Mallitskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Sokolov Yu. A., Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T., 1965; Mas v N., Aziatskiy Tashkent, SPb, 1876; Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida (XIX asr), T., 1983; M uha m m a d jo n o v A., Qadimgi Toshkent, T., 1988; Lunin B. V., Istoriya Oʻzbekistova v istochnikax. Oʻzbekiston v soobsheniyax puteshestvennikov i uchyonix (20-80-ye godi XIX v.), T., 1990.

Mashhura Sharipova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil