Shayxontohur (daha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shayxontohur - oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning sharqiy qismida (hozirgi Shayxontohur tumani hududining bir qismi) joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Sh. hudud jihatdan eng katta, shu bilan birga eng yosh daha hisoblangan. Shim. dan Sebzor (Jangob arigʻidan), jan.gʻarbdan Beshyogʻoch, gʻarb va shim.gʻarbdan Koʻkcha daxalari bilan chegaralangan. Yassaviya tariqati shayxlaridan Shayx Xovandi Tohur nomidan olingan. Sh. daqasi dastlab Shayx Xovandi Tohur meʼmoriy majmuasi (15—16-asrlar) atrofida shakllana boshlagan. 18-asrning 80y.larida Yunusxoʻja hokimligi davrida Sh. dahasida yangi mudofaa devorlari bilan oʻralgan kichik oʻrda qurilgan. 19-asr boshida Qoʻqon xoni Olimxon Toshkentni egallagan paytda bu oʻrda buzilib, daha hududiga oʻtgan. Anqor kanali chap sohilida yangi oʻrda bunyod etilgan (19-asrning 30y.larida). Daha yerlari Anhordan bosh olgan ariqlardan sugʻorilgan. Toshkentning 19-asr oʻrtalaridagi 12 darvozasidan 3 tasi (Qoʻymas, Qoʻqon va Qashqar) shahrida joylashgan; 70 masjid, 3 Madrasa, koʻplab karvonsaroylar, tegirmonlar boʻlgan. Sh. 64 ta maqalladan tarkib topgan. Eski juva (Chorsu) bozorining bir qismi ham shahriga qaragan. Daha aholisi, asosan, degrezlik, egarchilik, gazmol toʻqish va boshqa; shahar atrofidagi Yalangʻoch, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Darxon, Boʻz, Shoʻrtepa, Posira va boshqa mavzelarda joylashgan dala xrvlilarida esa dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar;