Amir Temur xiyoboni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temur xiyoboni
xiyobon
Skyline of Amir Temur xiyoboni
41°18′41″N 69°16′47″E / 41.31139°N 69.27972°E / 41.31139; 69.27972 G OKoordinatalari: 41°18′41″N 69°16′47″E / 41.31139°N 69.27972°E / 41.31139; 69.27972 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent shahri
Tuman Yunusobod tumani
Amir Temur xiyoboni xaritada
Amir Temur xiyoboni
Amir Temur xiyoboni

Amir Temur xiyoboni — Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahri markazidagi xiyobon. Xiyobon 1882-yilda Turkiston general-gubernatori Mixail Chernyayev tashabbusi va arxitektor Nikolay Ulyanov loyihasi asosida barpo etilgan. Xiyobonda temuriylar davlati sarkardasi Amir Temur haykali oʻrnatilgan, haykal atrofi boʻylab yoʻlaklar yotqizilgan va daraxtlar ekilgan. Xiyobon hozirgi koʻrinishga 2009-yilda amalga oshirilgan ishlardan soʻng kelgan. 1993-yilgacha xiyobon Inqilob xiyoboni, undan oldin esa Konstantin xiyoboni yoki Kaufman xiyoboni deb nomlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya imperiyasi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab xiyobon oʻrnida Konstantin maydoni joylashgan, kengligi jihatidan shahardan boshqa maydonlardan tubdan farq qilgan. Bu maydon asfalt qilinmagani uchun quruq ob-havoda changli, yomgʻir yoqqanida esa loyli holatga aylangan.

Xiyobon 1882-yilda Konstantin maydonida, Moskva va Kaufman shoh koʻchalari kesishmasida Mixail Chernyayev tashabbusi va arxitektor Nikolay Ulyanov loyihasi asosida qurildi hamda Konstantin xiyoboni nomini oldi. 1882-yil mayda Toshkentda vafot etgan birinchi Turkiston general-gubernatori Konstantin Petrovich fon Kaufman mazkur xiyobonga dafn etilgan.

Xiyobon atrofida erkaklar va ayollar gimnaziyasi, davlat banki va oʻquvchilik seminariyasi joylashgan. Hozirgi kungacha erkaklar va ayollar gimnaziyasi, davlat banki (XX asrning 30-yillarida ikkala gimnaziya qayta taʼmirlanib, uch qavatli binoga aylantirildi) deyarli oʻzgarishsiz saqlanib kelindi.

1901-yilda xiyobonda „Toshkentda Turkiston koʻrgazmasi“ tashkil qilinib, koʻrgazma uchun sharqona uslubdagi bir nechta pavilonlar barpo etiladi. Bulardan biri Aleksey Benua loyihasi asosida magʻrib (mavritan) uslubida qurilgan pavilon boʻlib, 1966-yildagi kuchli zilzilaga ham bardosh bergan, soʻngra gullar sotiladigan doʻkonga aylantirilib, 1990-yillargacha faoliyat yuritgan.

1910-yil 17-noyabrda Moskva va Kaufman shoh koʻchalari kesishmasi markazida davlat amaldorlari, talabalar va shahrning boshqa kishilari ishtirokida Konstantin Kaufman sharafiga yodgorlik oʻrnatiladi. Badiiy akademiya „General Kaufman va Oʻrta Osiyoni zabt etgan qoʻshinlarga“ haykalini yaratish uchun tanlov eʼlon qilgan boʻlib, haykalni oʻrnatish uchun 80 ming rubldan ortiq xayriya puli yigʻiladi.

1913-yil 4-mayda xiyobon markazida, Moskva va Kaufman shoh koʻchalari kesishmasida I. Shleyfer loyihasi asosida Turkistonning birinchi general gubernatori Konstantin Kaufman sharafiga haykal qoʻyiladi. Yodgorlikning tagkursisi turli tomonga qaragan ikki boshli burgut tasviri va „Konstantin Petrovich fon Kaufman va O‘rta Osiyoni egallagan qo‘shinlarga“ deb yozilgan bronza lavhalar bilan bezatilgandi. Xiyobon esa Kaufman xiyoboni deb nomlandi.

Sovet ittifoqi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yilgi toʻntarishdan soʻng, 1919-yilning yozida Konstantin Kaufman haykali demontaj qilingan, ammo yodgorlik joylashgan granit tagkursisi saqlanib qolindi. Tagkursiga bayroq, atrofiga esa Oktyabr voqealari paytida qalʼani qaytarib olishda ishlatilgan to‘plar o‘rnatilgan. Ushbu „kompozitsiya“ „inqilob jangchilari uchun yodgorlik“ deb nomlandi va 1918-yilda xiyobonning oʻzi Mariya Spiridonova nomidagi xiyobon deb nomlanadi, tez orada esa xiyobon Inqilob xiyoboni nomi bilan almashtirildi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]