Sanatoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanatoriy (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Slarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va boshqalar) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi. Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston S.larida iqlim, kuyosh, balneobalchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Slar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiyena shartsharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy S.) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi.

Yurtimiz aholisini oʻzi yashab turgan odatdagi iqlim sharoitlarida soiyumlashtirish uchun noyob tabiiy iqlim omillariga ega boʻlgan Slar bor. Bularga "Oqtosh", "Zomin", "Kosonsoy", "Miroqi" S.lari kiradi. Shuningdek, respublikada mineral suvlarning barcha turlarini oʻz ichiga olgan boy gidromineral resurslar mavjud. "Chimyon" Seida "Matsesta" suviga oʻxshash sulfidli (vodorod sulfidli) suv, "Chortoq", "Nihol" S.sida yod va brom miqdori yuqori boʻlgan yodbromli suv, "Chinobod", "Turon", "Boʻston", "Botanika", "Sitorai Mohi Xosa", "Kosonsoy" Slarida Saki, Yevpatoriya kurortlarining suvidan qolishmaydigan kam minerallashgan gidrokarbonat, natriy xloridli suv, "Abu Ali ibn Sino" S.sida tabiiy radionli suv bor. Bu shifobaxsh suvlardan bemorlar ichadilar, vanna (dush) qabul qiladilar va davo maqsadlarida foydalanadilar. Bu Slar hozirgi kun talabiga javob beradigan zamonaviy davolashdiagnostika bazasiga ega. Slarda davolashdiagnostika muolajalarini olib borish uchun malakali shifokorlar, tibbiy asbobuskunalar bilan jihozlangan xonalar va lablar mavjud. Oʻzbekistonda kattalar, bolalar va oilaviy Slar bor. Tibbiy yoʻnalishiga qarab Slar sil bilan ogʻrigan bemorlar uchun (bu Slarga yoʻllanma bepul), qon aylanish aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, nafas olish aʼzolari kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, asab tizimi va tayanchharakat aʼzolari, endokrin kasalliklarini davolashga moʻljallangan boʻladi. Slar bir va koʻp profilli boʻlishi mumkin. Respublikamizdagi bir profilli Slarga "Umid gulshani" (ginekologik va andrologik); "Sitorai Mohi Xosa" (buyraktosh), "Oktosh", "Zomin" (nafas olish aʼzolari) kiradi.

Sanatoriykurortda davolash samaradorligi va natijalarning barqarorligi bemorlarni S. va kurortlarga toʻgʻri tanlab yuborishga bogʻliq. S.ga bemorlar davolashprofilaktika muassasalarida tibbiy koʻriqdan oʻtkazilib, keyin yuboriladi. Vrach bemorga sanatoriykurort kartasini toʻldirib beradi. S.ga, asosan, kasalliklarning boshlangʻich davrida, shuningdek, statsionarda davolashga ehtiyoji boʻlmagan surunkali kasalliklar bilan kasallangan hamda turli kasalliklar va operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarni tuzalish bosqichida yuboriladi.

Bolalar S.lari surunkali kasalliklar rivojlanishining oldini olishda kasal bolalarni kompleks davolashning muhim tomonlaridan hisoblanadi. Bolalarni S.ga vrach koʻrsatmasiga muvofiq yuboriladi. Revmatizm, sil, tayanchharakat aʼzolari funksiyasining buzilishi, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, buyrak, siydik chiqarish yoʻllari va moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari, psixonevrologik kasalliklar, teri kasalliklari, osteomiyelit, revmatoidli artrit bilan ogʻrigan bolalar S.lari mavjud. Ixtisoslashtirilgan bolalar S.laridan tashkdri "Ona va bola" S.lari bor. Barcha bolalar Slarida tarbiyaviypedagogik ishlar olib boriladi. Davolash muddati uzaytirilgan Sda bolalar maktab dasturi boʻyicha oʻqiydi.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil